Qoshma taʼlim dasturi doirasida istiqbolli uchrashuv

Xabaringiz bor, 2019-2020 oquv yilida TOP UNIVERSITET tasnifiga kora nufuzli 300 ta oliy oquv yurtlaridan biri hisoblangan Qozon Federaluniversiteti (QFU) va Ozbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali (OzMU Jf) hamkorligidagi Psixologiya (faoliyat turlari boyicha)  yo‘nalishida qoshma (3+1) taʼlim dasturi yo‘lga  qoyilgan edi. Bugungi kunda mazkur yo‘nalishda 42 nafar talaba tahsil olmoqda. Muvaffaqiyatli bitiruvchi talabalar ushbu qoshma taʼlim dasturi asosida 2 ta diplom olish imkoniyatiga ega.

Joriy yilning 17-iyun kuni Qozon Federal universiteti rektori Gafurov Ilshat, Qozon Fedral universitetining tashqi aloqalar boyicha prorektori Alishyev Timirxan, Menejment, iqtisodiyot va moliya instituti direktori Bagautdinova Nailya  OzMU Jizzax filialiga tashrif buyurdi. Mehmonlarni universiteti rektori Inom Madjidov, Ozbekiston Respublikasi Oliy va orta maxsus taʼlim vazirining iqtisodiy masalalar boyicha orinbosari Sarvarxon Buzrukxonov, OzMU Jizzax filiali direktori Olim Turakulovlar kutib oldilar. Uchrashuvda tomonlar kelgusida hamkorlikning ushbu qoshma taʼlim dasturini yanada kengaytirish hamda xalqaro ilmiy loyihalarda hamkorlikni yo‘lga qoyish masalalarida fikr almashdilar.

 




OzMU Axborot xizmati

Asosiy korsatkichlar
1182 Professor-oqituvchilar soni
26796 Jami talabalar soni
3500000 ARM fondi
52 Yonalish bakalavr
71 Mutaassislik magistratura