O`zbekiston Milliy universiteti iftixorlari!

Oliy va O`rta maxsus ta`lim vazirligi va respublika ma`naviyat va ma`rifat markazi tomonidan Oliy ta`lim muassasalari talabalari o`rtasida turli mavzularni o`z ichiga olgan tanlovlar e`lon qilingan edi. Jumladan, joriy yilning may-iyun oyida Odam savdosi davr muammosi va Eng yaxshi blogger respublika tanlovning unversitet va final bosqchi o`tkazilib, g`oliblar aniqlandi.

Quvonarli jihati Odam savdosi davr muammosi mavzusidagi ijodiy ishlar tanlovining final bosqchida  40 ta oliy talim muassasalarining 80 nafar talaba-yoshlari o`rtasida O`zbekiston Milliy universiteti Ijtimoiy fanlar fakulteti
2-bosqich talabasi Saloxov Sirojiddin Sadriddin o`g`li birinchi o`rinni egallab g`oliblikni qo`lga kiritdi.

Goliblar Oliy va orta maxsus talim vazirligi tomonidan I, II, III darajali diplom va pul mukofoti  bilan taqdirlanadi! 
Shuningdek, yana bir talabamiz Jurnalistika fakulteti 4-bosqich talabasi Sultonov Javohir Jahongir o`g`li Eng yaxshi bloger tanlovining respublika bosqichida faxrli 1-o`rinni egalladi.


Yoshlar bilan ishlash,

ma`naviyat va ma`rifat bo`limi

Asosiy korsatkichlar
1182 Professor-oqituvchilar soni
26796 Jami talabalar soni
3500000 ARM fondi
52 Yonalish bakalavr
71 Mutaassislik magistratura