Evropa Ittifoqining ERASMUS+ DSinGIS: Geoinformatika sohasida doktorantura loyihasi doirasida doktorantlar (PhD), yosh olimlar va mustaqil tadqiqotchilar uchun mo‘ljallangan tanlov dasturi

Evropa Ittifoqining ERASMUS+ DSinGIS: Geoinformatika sohasida doktorantura loyihasi doirasida doktorantlar (PhD), yosh olimlar va mustaqil tadqiqotchilar uchun mo‘ljallangan
TANLOV DASTURI
Dasturning maqsadi Geoinformatika orqali O‘zbekistonda barqaror rivojlanishni qo‘llab-quvvatlash, GIS dasturini tatbiq etish sohasida doimiy kasbiy rivojlanishni qo‘llab-quvvatlovchi yangi doktorlik dasturini, innovatsion doktorlik dasturlarini va usullarini ishlab chiqish, O‘zbekistonlik olimlar e’tiborini xalqaro tartib-qoidalarga asoslangan Geoaxborot tizimining ilmiy asoslari orqali olib borilayotgan doktorlik va tadqiqot ishiga qaratish hamda professor-o‘qituvchilar va doktorantlarni Geoinformatikaga qaratilgan xalqaro ilmiy-amaliy anjumanlarda ishtirok etishini ta’minlashdan iboratdir.
Mazkur grant doirasida 2 oyga mo‘ljallangan safar rejalangan bo‘lib, nomzodlardan quyidagi hujjatlar talab etiladi:
talabgorni O‘zMUda doktorant (PhD), yosh olim yoki mustaqil tadqiqotchi ekanligini tasdiqlovchi rasmiy hujjat (o‘zbek tilida);
Europass CV (ingliz tilida);
Magistr diplomi va uning ilovasi nusxalari (ingliz va o‘zbek tillarida);
Mavzuga oid sertifikatlar va talabgorning eng muhim 3 ta ilmiy maqolalari (ingliz va o‘zbek tillarida);
Tanlovda ishtirok etish uchun asosnoma (Motivation letter, ingliz tilida);
Tadqiqot davomida olib boriladigan ishlarning rejasi va qisqacha mazmuni (ingliz tilida);
O‘zbekistondagi grant doirasidagi hamkor OTMlarning biridan tavsiyanoma (ingliz tilida);
Ingliz tilini bilish darajasini tasdiqlovchi beruvchi hujjat (TOEFL yoki IELTS); agar bunday hujjat mavjud bo‘lmasa, til ko‘nikmalarini Evropa hamkor OTMlaridagi potentsial rahbar onlayn intervüyuda baholashi mumkin. U rahbar Qabul Komissiyasi raisiga murojaat etuvchining ingliz tili darajasini tasdiqlab beradi.
Nomzodlar quyidagi mavzular bo‘yicha saralab olinadi:
Geospatial analysis of noise pollution and health care.
Application of Remote Sensing and GIS in precision agriculture.
Temporal variations of the gravity field due to major Earthquakes.
Creating the scientific basis of cartographic ensuring of State water cadaster and managing the water resources by GIS technologies.
Change detection in complicated hydromorphic landscapes with remote sensing.
Cross-cultural web map design recommendations and prototypes.
Using geo participation to assess urban green in terms of young peoples perception by the example of Tashkent.
Spatial Simulation of land-use change.
Study Ecosystems and its services to develop a zonal map of Aral Sea region (protected areas) in Uzbekistan.
Synthesis of observed historic and expected future climate changes.
Impacts of climate change on crop production.
Comparison and assessment of available land-cover and land-use maps.
Determination of a precise geoid model for Uzbekistan.
Geodetic reference systems in Central Asia and their transformations.
Anthropic Footprints in Riparian Ecosystems: spatial modeling for post-deltaic landscapes.
GIS methods for land use optimization in irrigated agriculture area with ecological constraints.
Specific maps in the city and improving the methodology of compiling the plan.
Scientific bases of system mapping of the regions of Uzbekistan for the purposes of tourism (on the example of the Samarkand region).

G‘olib bo‘lgan nomzodlar loyiha doirasidagi Evropa Ittifoqining quyidagi hamkor OTMlarida 2 oy davomida malaka oshirishga yuboriladi:
Obuda universiteti (OU), Vengriya
Zalütsburg Parij Lodron universiteti (PLUS), Avstriya
Qirollik texnologiya instituti (KTH), Shvetsiya
Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish Leybnits instituti (IAMO), Germaniya
Dastur bilan bog‘liq barcha harajatlar Evropa Ittifoqining ERASMUS+ DSinGIS: Geoinformatika sohasida doktorantura loyihasi tomonidan qoplanadi.
Arizalar joriy yilning 30 iyulü sanasiga qadar qabul qilinadi!
Mazkur dastur bilan bog‘liq batafsil ma’lumotlarni loyihaning quyidagi veb-sahifasi orqali olish mumkin: http:///www.dsingis.eu/  

Hujjatlar O‘zMU ning Geodeziya va kartografiya kafedrasida qabul qilinadi. 
Tel: +998(97) 751-27-16 
Asosiy ko‘rsatkichlar
1182 Professor-o‘qituvchilar soni
26796 Jami talabalar soni
3500000 ARM fondi
52 Yo‘nalish bakalavr
71 Mutaőassislik magistratura