Ijtimoiy fanlar

Ijtimoiy fanlar fakulteti tarixi va bugungi faoliyati
Ijtimoiy fanlar fakulteti (1991 yilgacha Falsafa-iqtisod fakulteti, 1991-2014 yilgacha Falsafa fakulteti) 1979 yilda tashkil etilgan va 2014 yildan Ijtimoiy fanlar fakulteti deb nomlana boshlagan. Fakultet tarkibida dastlab falsafa, psixologiya, iqtisod, siyosatshunoslik boʼlimlari faoliyat olib borgan.
Ijtimoiy fanlar fakulteti yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularda dahldorlik tuygʼusini shakllantirishga yoʼnaltirilgan bilim va malakalarni chuqur egallagan, Oʼzbekistonda amalga oshirilayotgan ijtimoiy, maʼnaviy, siyosiy islohotlarni aholining turli qatlamlari ongiga etkazish uchun xorij tillarini oʼzlashtirgan, oʼzining maʼnaviy qiyofasi bilan yoshlarga ibrat boʼla oladigan malakali bakalavr va magistrlar tayyorlaydigan tayanch fakultetlardan biri hisoblanadi.
Fakultetda 21 fan doktori (DcS)-professor, 47 fan nomzodi (PhD)-dotsent, 70 katta oʼqituvchi, oʼqituvchi va assistentlar faoliyat olib boradilar.
Uning bakalavriat bosqichida 2500 dan ortiq talaba, magistratura bosqichida 250 magistrant, doktorantura va tayanch doktoranturada esa 30 nafardan ziyod ilmiy xodim tahsil olmoqda.

 
Fakultet kafedralari faoliyati
Etika va estetika kafedrasi Markaziy Osiyo oliy taʼlim muassasalari orasida yagona kafedra hisoblanib, axloqiy va estetik mezonlariga tayangan holda zamonaviy mutaxassis tayyorlashga hamda yoshlarni barkamol shaxs etib tarbiyalashga alohida eʼtibor qaratadi. 
Falsafa va mantiq kafedrasi Oʼzbekiston boʼyicha OTM tizimida falsafa hamda mantiq sohasi, "Ontologiya, gnoseologiya va logika", "Falsafa tarixi" mutaxassisliklari, ixtisosligi tizimidagi yagona tayanch kafedradir.
Falsafa va maʼnaviyat asoslari kafedrasi "Falsafa" yoʼnalishi boʼyicha bakalavriat, "Falsafa (qoʼllash sohasi)" va "Madaniyatshunoslik" mutaxassisligi boʼyicha kadrlar tayyorlaydi. Mazkur sohalar boʼyicha xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda ontologiya, gnoseologiya, madaniyat falsafasi ixtisosligi boʼyicha ilmiy-taqiqot faoliyati olib boradi.
Psixologiya kafedrasi 1972 yilda tashkil etilgan boʼlib “Psixologiya” bakalavr taʼlim yoʼnalishi va “Psixologiya” magistratura mutaxassisligi boʼyicha kadrlarni tayyorlashga masʼul.
Pedagogika va umumiy psixologiya kafedrasi Pedagogika fani shaxsni shakllantirishdek ijtimoiy buyurtmani bajarish asosida jamiyat taraqqiyotini taʼminlashga alohida hissa qoʼshadi. Pedagogika fani maqsadi va vazifalarining belgilanishida ijtimoiy munosabatlar mazmuni, davlat va jamiyat qurilishining hayotida yetakchi oʼrin tutuvchi gʼoyalar mohiyati muhim ahamiyatga ega. Oʼzbekiston Respublikasida demokratik, insonparvar hamda huquqiy jamiyatni barpo etish sharoitida mazkur fan yuksak maʼnaviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrni tarbiyalash tizimini ishlab chiqish, milliy istiqlol gʼoyasi asosida taʼlim va tarbiya nazariyasini ijodiy rivojlantirish vazifasini hal etadi.
Fuqarolik jamiyati va huquq taʼlimi kafedrasi ilmiy va oʼquv faoliyati mutaxassislik doirasida oʼquv jarayonlarini tashkil etish, innovatsion loyihalarda qatnashish, yoshlarning gʼoyaviy-siyosiy va huquqiy soavodxonligini oshirish, Oʼzbekiston taraqqiyotining yangi bosqichida "Milliy tiklanishdan - milliy yuksalish"ga kontseptual gʼoyasining amaliyotiga qaratilgan tadqiqotlarni oʼtkazish va natijalarini amaliyotga tadbiq etish yuzasidan ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borishga qaratilgan.
Sotsiologiya kafedrasi Kafedra “Sotsiologiya” bakalavr taʼlim yoʼnalishi hamda “Sotsiologiya” va 3 ta mutaxasislik boʼyicha magistratura mutaxassiligi boʼyicha kadrlar tayyorlanadi. Sotsiologiya kafedrasining ilmiy va oʼquv faoliyati mutaxassislik doirasida oʼquv jarayonlarini tashkil etish, innovatsion loyihalarda qatnashish, istiqbolli sotsiologik tadqiqotlarni oʼtkazish va natijalarini amaliyotga tadbiq etish yuzasidan ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borishga qaratilgan.
Ijtimoiy ish kafedrasi Talabalarning maʼnaviy va maʼrifiy madaniyatini yuksaltirish, kafedraning istiqbolli yoʼnalishi bu oilalar va bolalar ijtimoiy himoya sohasida faoliyat olib boradigan kadrlar tayyorlash tizimini yaratish, Oʼzbekiston Respublikasi ijtimoiy taʼminot va himoya tizimida yuqori malakala ijtimoiy ish xodimlarini tayyorlash, ijtimoiy soha va ijtimoiy ish doirasida ilmiy-amaliy tadqiqotlarni tashkil etish hamda ilmiy kadrlar tayyorlash. Respublikadagi oila va bolalarni himoya qilish tizimida faoliyat olib borayotgan mutaxassislarni malakasini oshirish va qayta tayyorlashdan iborot.
Ilmiy faoliyat
Oʼzbekiston Milliy universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.29.08.2017. S.01.08 raqamli (Siyosiy fanlar) hamda DSc.27.06.2017.F.01.05 raqamli (Falsafa fanlari) Ilmiy kengashlari bilan uzviy hamkorlik oʼrnatilgan.
 
Fakultetda “Imkoniyati cheklangan bolalar sotsiomadaniy moslashuv tizimining ilmiy-metodik asoslari takomillashuvi”, “Oʼzbekistonda ommaviy axborot vositalarining rolini oshirish, oila va bolalarni himoya qilish tizimida ijtimoiy hamkorlik masalalari, “Falsafa” va “Milliy gʼoya targʼiboti texnologiyalari” kurslari boʼyicha oʼquv-metodik bazani takomillashtirish va elektron oʼquv-uslubiy kompleksini yaratish”, “Oʼrta asrlar sharq allomalari va mutafakkirlarining tabiiy-ilmiy va ijtimoiy-falsafiy merosining gʼarb olimlari tomonidan tadqiq etilishi”, “Taʼlimda menejment va marketingning ijtimoiy-psixologik jihatlarini ishlab chiqish va milliy madaniyatni umuminsoniy madaniyat bilan uygʼunlashtirishga oid uslubiy qoʼllanma tayyorlash”, “Jamiyatni isloh etish va modernizatsiyalash jarayonida estetik tarbiyani rivojlantirishning milliy asoslari”, “Oʼzbekistonda ayriboshlash dasturlarining samaradorligi (sotsiologik tadqiqotlar tajribasi)”, “Oliy taʼlim tizimi kadrlarining innovatsion faoliyatga tayyorgarligining ijtimoiy-psixologik mexanizmlarini ishlab chiqish (xorijiy ilgʼor texnologiyalar asosida)” mavzularda ilmiy fundamental va amaliy loyihalar amalga oshirib kelinmoqda.
Maʼnaviy-maʼrifiy faoliyat
Har oyda fakultetda va biriktirilgan talabalar turar joyida respublikaning mashhur sanʼatkorlari, olimlari, shoir va shifokorlari bilan turli mavzularda davra suhbatlari oʼtkaziladi. Tarixiy xotirani mustahkamlash maqsadida ajdodlarimiz maʼnaviy merosini oʼrganish bilan bir qatorda, yoshlarimizga oʼz zamondoshlarimizning hayot yoʼli bilan tanishtirish uchun uchrashuvlar oʼtkazilib, ularga havas qilish, namuna olishga oʼrgatmoqda.
 

Shuningdek talabalarning “Quvnoqlar va Zukkolar”, “Iqtisodchi ilmiy intellektual oʼyini”, fakultet qizlari oʼrtasida “Biznes Ledi” koʼrik tanlovi, fakultetlararo “ESSE” va “Munozara debat” klubi musobaqalarini oʼtkazish anʼanaga aylangan. Bundan tashqari fakulütetda anʼanaga aylangan “Ota-onalar tashrifi” maʼnaviy-maʼrifiy tadbiri xar yili oʼtkazib boriladi.
Fakultetda har yili Navroʼz bayrami nishonlanadi. Shuningdek xotin-qizlar kengashi ham talaba qizlarning urf-odatlarga rioya qilishi, odob-axloqi boʼyicha tadbirlar oʼtkazadi. Ilgari fakultetda ishlagan ayni paytda nafaqadagi professor oʼqituvchilarning “Mehr koʼzda” ruknida uylariga boriladi. Ularning ahvolidan xabar olinadi. Talabalarda milliy maʼnaviy qadriyatlarga sodiqlik ruhida tarbiyalash maqsadida qadimgi shaharlarga, muzeylarga ziyorat tashkil qilinadi.
Hamkorlik aloqalari
Ijtimoiy fanlar fakulüteti professor-oʼqituvchilari M.V.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti, Sankt-Peterburg davlat universiteti, Belarus davlat universiteti, Qozogʼiston Milliy universiteti, Nitra shahridagi «Konstantin Filosof» universiteti,
Erazmus Mundus Yeropa hamjamiyati fondi, STINIT (Shvetsiya)-ilmiy tadqiqod va oliy taʼlim sohalarini moliyalashtirish xalqaro xamkorlik fondi, IFEAC (Frantsiya)- Oʼrta Osiyoni oʼrganish ilmiy tadqiqod institutlari bilan keng doirada xamkorlik ishlarini olib bormoqdalar
Fakultet professor-oʼqituvchilari muntazam ravishda STINIT va IFEAC ilmiy loyixalar hamda xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyalarda muntazam ravishda oʼz maʼruzalari bilan ishtirok etishadi va SIDA Shvetsiya “Gumanitar fanlar” hamda “Faylasuf ayollar” (YuNESKO) xalqaro ekspert komissiyasi aʼzolari hisoblanishadi shu jumladan “Psixologiya” kafedrasi mudiri Dilbar Gʼofurjonovna Muxamedova TEMPUS ERASMUS xalqaro grant raxbari sifatida faoliyat olib bormoqda.
Àxborot texnologiyalari va resurslari
Fakultetda multimedia texnikasi, dasturlarni yangilash, texnik xizmatlar va kompyuter taʼmirlash, fakultetning Internet sahifasi materiallarini doimiy yangilab borish, fakultet kompüyuter tarmogʼining uzluksiz faoliyatini taʼminlash yoʼlga qoʼyilgan. Fakultetda barcha mashgʼulotlarni zamonaviy texnika va texnologik imkoniyatlardan foydalanish boʼyicha zarur boʼlgan barcha shart-sharoitlar yaratilgan, oʼquv auditoriya xonalari multimedia vositalari va kompyuter texnikalari bilan taʼminlangan. Maxsus kurslar uchun uslubiy materiallar, konferentsiya materiallari, tarqatma materiallar, oʼquv-uslubiy koʼrsatmalar, shuningdek fakultetning turli hujjatlarini nashr qilish uchun rezograf va skaner qurilmalari ajratilgan.
Talabalarning foydalanishi uchun fakultet kutubxonasida 37 mingdan ziyod, jumladan, 19023 ta oʼzbek tilidagi, 17 465 ta rus tilidagi, 1401 ta chet tilidagi oʼquv adabiyotlar mavjud.

Kafedralar
•Psixologiya kafedrasi
•Falsafa va mantiq kafedrasi
•Maʼnaviyat asoslari va dinshunoslik kafedrasi
•Etika va estetika kafedrasi
•Pedagogika va umumiy psixologiya kafedrasi
•Demokratik davlat qurish nazariyasi va amaliyot kafedrasi
•Sotsiologiya kafedrasi
•Ijtimoiy ish kafedrasi

Asosiy ko‘rsatkichlar
1182 Professor-o‘qituvchilar soni
26796 Jami talabalar soni
3500000 ARM fondi
52 Yo‘nalish bakalavr
71 Mutaõassislik magistratura