Savol-javob

❓1-SVOL:
Xorijiy oliy taʼlim muassasasidan oʼqishimni Oʼzbekistonga koʼchirmoqchiman. Oʼqishimni koʼchirishim uchun imtihonni suhbat shaklida topshirsam boʼladimi?

✅ JVOB:
Xorijdan talabalar oʼqishini koʼchirish boʼyicha imtihonlar asosan test sinovlari shaklida, ayrim taʼlim yoʼnalishlariga kasbiy (ijodiy) imtihon shaklida oʼtkaziladi.
Test sinovlari Davlat test markazi tomonidan, kasbiy (ijodiy) imtihonlar tegishli oliy taʼlim muassasalari tomonidan oʼtkaziladi. 

❓2-SVOL:
Men Oʼzbekistondagi nodavlat oliy taʼlim muassasasida 1-kursni tamomladim. Men oʼqishimni Toshkent davlat iqtisodiyot universitetiga koʼchirmoqchiman. Bu qanday tartibda boʼladi va men oʼqiyotgan oliy taʼlim muassasasidan qanday hujjatlar talab etiladi?

✅ JVOB:
Oʼzbekistondagi nodavlat oliy taʼlim muassasalaridan talabalar oʼqishini koʼchirish ham xorijdan oʼqishni koʼchirish uchun belgilangan tartiblarga muvofiq amalga oshiriladi.
Shunga koʼra, Oʼzbekiston Respublikasidagi nodavlat oliy taʼlim muassasalaridan davlat oliy taʼlim muassasalariga oʼqishni koʼchirish uchun tanlangan bakalavriat taʼlim yoʼnalishiga kirish fanlaridan imtihonlar oʼtkaziladi.
Xorijiy va nodavlat oliy taʼlim muassasalaridan oʼqishni koʼchirish uchun roʼyxatdan oʼtishda quyidagi hujjatlar talab etiladi:
- reyting daftarchasi yoki akademik maʼlumotnoma yoxud transkript nusxasi (bittasi boʼlsa kifoya);
- pasport nusxasi.

❓3-SVOL:
Xorijdan oʼqishni koʼchirishda oilali boʼlganlar uchun imtiyozlar bormi?

✅ JVOB:
Xorijiy oliy taʼlim muassasalaridan oʼqishni koʼchirishda oilali talabalarga imtiyozlar koʼzda tutilmagan. 
gar talaba xorijiy oliy taʼlim muassasasiga oʼqishga kirgandan soʼng turmushga chiqqan boʼlsa, ushbu talaba bahorgi semestr boshlanishidan oldin ham oʼqishini turmush oʼrtogʼi doimiy yashaydigan hududdagi oliy taʼlim muassasasiga koʼchirish boʼyicha roʼyxatdan oʼtishi va imtihonlarda ishtirok etishi mumkin.

❓4-SVOL:
Biz yoshlar oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim yoʼnalishlarini tamomlab magistraturaga oʼqishga kirish uchun tayyorlanmoqdamiz. Lekin magistraturaga kirishda turdoshlar roʼyxati tasdiqlanganda abiturientlarga magistratura mutaxassisliklarini tanlashdagi imkoniyatlar juda cheklandi. Turdoshlar roʼyxatini qayta koʼrib chiqishingizni soʼraymiz.

✅ JVOB:
Hozirgi kunda fuqarolarning takliflari asosida Respublika davlat oliy taʼlim muassasalari magistraturasiga qabul boʼyicha turdosh oliy taʼlim yoʼnalishlarining roʼyxatiga qoʼshimcha va oʼzgartirishlar kiritilishi nuqtai nazaridan qayta koʼrib chiqilmoqda. Murojaatingizda koʼrsatilgan masala vazirlikda tayanch oliy taʼlim muassasalari mutaxassislari bilan birgalikda koʼrib chiqilmoqda. Kiritilgan oʼzgartirishlar toʼgʼrisida vazirlik veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida xabar beriladi.

❓5-SVOL:
Davlat oliy taʼlim muassasalariga fanlardan qarzi bor talaba oʼqishini koʼchira oladimi?

✅ JVOB:
Faqatgina birinchi kursning birinchi semestridan qarzdor boʼlgan talabalarning oʼqishini koʼchirishga ruxsat etilmaydi. Boshqa semestrdagi fandan qarzdor boʼlgan talaba oʼqishini koʼchirish boʼyicha roʼyxatdan oʼtishi mumkin. 
Oʼqishi koʼchirilishi ruxsat etilgan talabani kursini belgilashda mutaxassislik fanlari farqi solishtiriladi va bunda, talaba qarzdor boʼlgan fan ham inobatga olinadi. Fanlar farqi 4 tadan ortiq boʼlgan holatda talabaning oʼqishi muayyan kursga tavsiya etilmaydi.

❓6-SVOL:
Men Termiz davlat universitetining Maktabgacha taʼlim yoʼnalishini birinchi kursini tamomladim. Doimiy yashash manzilim Fargʼona viloyatida boʼlganligi sababli oʼqishimni Fargʼona davlat universitetining Boshlangʼich taʼlim yoʼnalishiga koʼchira olamanmi?

✅ JVOB:
Maktabgacha taʼlim yoʼnalishi va Boshlangʼich taʼlim yoʼnalishi turdosh ekanligi hamda Sizning doimiy yashash manzilingiz Fargʼona viloyati ekanligini inobatga olgan holda Siz oʼqishingizni Fargʼona davlat universitetining Boshlangʼich taʼlim yoʼnalishiga koʼchirishingiz mumkin.

❓7-SVOL:
Xorijdan oʼqishni koʼchirish boʼyicha oʼtkaziladigan imtihonlarning oʼtish ballari qanday boʼladi?

✅ JVOB:
Xorijiy va nodavlat oliy taʼlim muassasalaridan oʼqishni koʼchirish boʼyicha imtihonlarning oʼtish ballari tizimida oliy taʼlim muassasalari boʼlgan vazirlik va idoralar tomonidan joriy yilning 25 iyul kuniga qadar oʼzlarining rasmiy saytlarida eʼlon qilinadi. 

❓8-SVOL:
Men 2019 yilda Beruniy nomidagi davlat stipendiyasi sovrindori boʼlganman. 2021 yil Samarqand veterinariya meditsinasi institutini bitirdim. Men Oʼzbekiston Milliy universitetiga magistraturaga kirmoqchiman. Bunda Beruniy davlat stipendiyasi sovrindori boʼlganligim uchun menga imtiyoz qoʼllaniladimi?

✅ JVOB:
Nomli davlat stipendiyalari sovrindori boʼlgan talabalar bakalavriatni bitirgan yili oʼqigan taʼlim yoʼnalishiga mos va turdosh boʼlgan magistratura mutaxassisliklariga kirish imtihonlarisiz davlat granti asosida talabalikka qabul qilinadi.
Shunga koʼra, istalgan oliy taʼlim muassasasining Siz tamomlagan bakalavriat taʼlim yoʼnalishiga mos va turdosh boʼlgan magistratura mutaxassisligiga imtiyoz asosida oʼqishga kirishingiz mumkin.

❓9-SVOL:
Nogironligi boʼlgan talaba yozgi sessiyadan 3 ta fanni oʼzlashtira olmasa kursdan kursga qoldirilishi mumkinmi?

✅ JVOB:
Reyting baholash tizimi asosida tahsil olayotgan talaba semestr yakuniga koʼra akademik qarzdor boʼlsa va belgilangan muddatlarda qarzdorlikni topshira olmasa kursdan-kursga qoldiriladi. Ushbu holatlarda nogironligi boʼlgan shaxslarga imtiyoz koʼzda tutilmagan.

❓10-SVOL:
Xorijdagi oliy taʼlim muassasasi magistraturasiga oʼqishga kirsam va 1-kursdan keyin oʼqishimni Oʼzbekistondagi oliy taʼlim muassasasi magistraturasiga koʼchira olamanmi?

✅ JVOB:
Xorijiy oliy taʼlim muassasalarining magistraturasida tahsil olayotgan talabalar oʼqishini Oʼzbekiston Respublikasidagi oliy taʼlim muassasalarining magistraturasiga oʼqishni koʼchirishga ruxsat etilmaydi.

❓11-SVOL:
Oldingi oʼquv yillari Buxoro davlat tibbiyot institutiga ikkinchi mutaxassislikka qabul boʼlar edi. Biz oliy maʼlumotlimiz, hujjat topshirmoqchi edik. Bu yil ham ikkinchi mutaxassislikka qabul boʼladimi?

✅ JVOB:

Ikkinchi oliy maʼlumot olish boʼyicha kadrlar tayyorlash huquqiga ega oliy taʼlim muassasalari roʼyxati Davlat komissiyasi tomonidan belgilanadi. Bunda, kadrlarga boʼlgan talab-ehtiyoj, oliy taʼlim muassasasining ilmiy-pedagogik salohiyati va moddiy-texnik bazasi hisobga olinadi. 
Hozirgi kunda tegishli vazirlik va idoralar tomonidan kadrlarga boʼlgan talab-ehtiyoj oʼrganilmoqda. Jumladan, Buxoro davlat tibbiyot institutida ikkinchi oliy maʼlumot olish uchun qabul boʼyicha takliflar Sogʼliqni saqlash vazirligi tomonidan shakllantiriladi.
Asosiy korsatkichlar
1182 Professor-oqituvchilar soni
26796 Jami talabalar soni
3500000 ARM fondi
52 Yonalish bakalavr
71 Mutaassislik magistratura