E-MAIL
Foydali saytlar

Gov

Press-Service

ZiyoNet

Uza

Uza

www.edu.uz

www.vak.uz

www.pedagog.uz

Bosh sahifa / Ta`lim /

Doktorantura bo'limi

    O’zbekiston Milliy Universitetida yuqori malakali ilmiy va ilmiy-pedagogik mutaxassislar tayyorlash  doktorantura va  doktorant-tadqiqotchilik orqali ham amalga oshiriladi.
Universitetda doktorantura 1988 yilda ochilgan bo’lib, hozirgi kunda Universitetda 19 ta mutaxassislik bo’yicha doktorantlar tayyorlanadi.
   Doktoranturani tashkil qilish va ular orqali yuqori malakali ilmiy va ilmiy-pedagogik xodimlar tayyorlash uchun universitetda kerakli sharoitlar yaratilgan; Amaliy fizika ilmiy tekshirish Instituti, Botanika bog’i, 16 ta ilmiy laboratoriya, Sotsiologik tadqiqotlar va amaliy ekologiya va tabiatdan unumli foydalanish markazlari va 95 ta kafedra mavjud. Bularda Davlat fan-texnika tomonidan tasdiqlangan 92 ta ilmiy mavzu, 17 ta xo’jalik shartnomasi, 3 ta innovatsion grantlar bo’yicha ilmiy izlanishlar olib borilishining asoslaridan birini tashkil etadi.Bulardan tashqari kompyuter sinflari ishlab turibdi. Fundamental kutubxona fondida 3 milliondan ortiq kitob, 1000 dan ortiq nodir qo’lyozmalar ilmiy ishlar bilan shug’ullanishda qulay imkoniyatlar yaratadi. Universitet ilmiy salohiyati 400 ga yaqin kompyuter bilan ta'minlangan bo’lib, ulardan ayrimlarning internet tizimi bilan bog’langanligi, yangi axboratlarni tezlik bilan olish imkonini beradi.
    «Universitet» nashriyot majmuasiga hamda tabiiy fakultetlar uchun amaliyot bazalariga (Oqsoq ota, Chorvoq, Xumsonga ) ega, bu esa o’z navbatida  doktorantlarning o’z ilmiy ishlari bilan shug’ulanishlarida keng imkoniyatlar yaratadi. Shu bilan birga universitet  doktorantlarga tajribalar o’tkazishi uchun kerakli ximreaktivlar, tajriba hayvonlari sotib olish uchun, asbob uskunalarni ta’mirlash va dala ishlarini o’tkazish uchun universitet muntazam ravishda mablag’ ajratadi.
     Milliy universitet rahbariyati oliy malakali ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash samaradorligini oshirish,  doktorantlarni moddiy va ma’naviy rag’batlantirish uchun hamma shart-sharoitlarni yaratishga harakat qilmoqda. Jumladan doktorantlarning monografiyalarini, avtoreferatlarini chop etish,  va opponentlar uchun sarf qilinadigan mablag’larni ham universitet o’z zimmasiga oladi.
    “O’zMU xabarlari” da ham muntazam ravishda doktorantlarning ilmiy maqolalarini nashr etish imkoniyati yaratilgan.
Universitet qarmog’idagi 9-sonli yotoqxona doktorantlar uchun biriktirilgan.
Universitetda 13 ta Ixtisoslashgan Kengash faoliyat ko’rsatadi.
     Yuqori malakali ilmiy va ilmiy-pedagogik xodimlarni tayyorlashning yana bir omillaridan biri -  yuqori malakali mutaxassislardir. Hozirgi vaqtda universitetda 142 fan doktori, professorlar faoliyat ko’rsatmoqda.
    Doktoranturaga, odatda, o’zi tanlagan sohada doktorlik dissertatsiyasiga asos bo’la oladigan, salmoqli ilmiy yutuqlarga erishgan, qobiliyatli, istiqboli ilmiy va ilmiy-pedagogik xodim sifatida o’zini namoyon qilgan, fundamental tadqiqotlarni yuksak saviyada olib borish va xalq xo’jaligi hamda ijtimoiy va iqtisodiy ahamiyatga ega bo’lgan muhim ilmiy muammolarni hal qilish qobiliyatiga ega bo’lgan 45 yoshdan oshmagan fan nomzodlari qabul qilinadi.
   Doktorant-tadqiqotchilikka fan va texnikaning nazariy masalalari va dolzarb muammolari bo’yicha ilmiy tadqiqot ishlarida muhim natijalarga erishgan, hamda fan va texnikaning tegishli sohasida chuqur kasbiy bilimga ega bo’lgan fan nomzodlari qabul qilinadilar.
   Doktorantlarning mavzularni va shaxsiy ish rejalarini tasdiqlash ularning doktoranturaga kirganlaridan keyin dastlab 2-3 oylar ichida amalga oshiriladi. Mavzularni muhokama qilishda kafedra mudiri va kafedraning barcha a’zolari ishtirok etadilar. Mavzularni muxokama qilinayotganda mavzuning aktualligi, amaliy ahamiyatiga alohida e’tibor qilinadi va uslubiy ko’rsatmalar beriladi.  Doktorant har yili 2 martta, iyun va dekabr oylarida attestatsiya qilinadilar. Doktorantlar avvalo o’zlarinng kafedralarida, so’ng fakultet Ilmiy Kengashida attestatsiyadan o’tadilar. Attestatsiya natijalari bo’yicha universitet Ilmiy Kengashida hisobot beriladi. Shaxsiy ishini bajarmagan doktorantlar doktorantlar safidan chiqariladi.
    Dissertatsiyasini o’z vaqtida yoki muddatidan oldin himoya qilgan doktorantlar 3 oylik stipendiya va ularning ilmiy maslaxatchilari 3 oylik maosh miqdorida mukofotlanadilar.
    Universitet doktorantlari universitetda har yili o’tkaziladigan konferensiyalarda qatnashadilar. Undan tashqari, chet elda va MDH davlatlarida o’tkaziladigan xalqaro konferensiyalarda ham faol qatnashib kelmoqdalar.
Doktoranturada ochilgan mutaxassisliklar
010101  Matematik analiz
010102  Differensial tenglamalar
010105  Ehtimollar nazariyasi va matematik statistika
010205 Suyuqlik, gaz va plazma mexanikasi
010402 Nazariy fizika
010410 Yarim o’tkazgichlar va dielektriklar fizikasi
020002 Analitik kimyo
020006 Yuqori molekulyar birikmalar kimyosi
020010 Biorganik kimyo, tabiiy va fiziologik faol moddalar kimyosi
030002 Biofizika
030008 Zoologiya
040008 Petrografiya, vulkonologiya
070002 O’zbekiston tarixi
090006 Din va hurfkrlilik falsafasi
090011 Ijtimoiy falsafa
100102 Hozirgi milliy adabiyot (o’zbek adabiyoti)
100110 Jurnalistika
100220 Qiyosiy tarixiy, tipologik va qiyosiy tilshunoslik, tarjima nazariyasi
110002 Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya

E`lonlar
 
|
barcha e`lonlar
Barkamol avlodni

Barkamol avlodni shakllantirish ma`naviy taraqqiyot omili mavzusida 2010 - yil 30 aprel soat 10:00 da Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti Madaniyat saroyida bo`lib o`tadigan Respublika ilmiy amaliy konferentsiyasiga taklif etadi.

>>>

O`zbekistonning inno

Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti O`zbekistonning innovatsion taraqqiyoti yoshlar nigohida mavzusidagi Respublika ilmiy- amaliy konferentsiyasiga taklif etadi.

>>>

O`zMU Sotsiologiya k

Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti Falsafa fakultetining Sotsiologiya kafedrasi 2009 yil 17 dekabr kuni soat 14:00 da Sotsiologiya kafedrasining 20 yilligiga bag`ishlangan tadbirga taklif etadi.

>>>

 
 
 

2004-2009, Nuu.Uz