AKADEMIKLAR | |
| 1. | Abduvahobov Abduvali Abdusamadovich (11.07.1941) - ToshDUni bitirgan (1965), kimyo fanlari doktori (1979), professor (1981), O`zR FA akademigi (1995), O`zR FA bioorganik kimyo instituti direktori (1987-1993), O`zR FA kimyo texnologiyasi va Yer haqidagi bo`limining raisi (1992-1994), O`zR FA vitse-prezident (1994-1997). |
| 2. | Abdukarimov Abdusattor (04.04.1942) - O`ODUni bitirgan (1966). Biolog va genetik olim, biologiya fanlari doktori (1979), professor (1990), O`zR FA akademigi (2000). O`zR FA genetika va o`simliklar eksperimental biologiyasi ilmiy tadqiqot instituti direktori (1992). |
| 3. | Abdullayev Abdumavlon Abdullayevich (13.07.1930) – O`ODUni bitirgan (1952). Biolog–botanik olim. O`zR FA akademigi (1995) O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan fan arbobi, professor (1980).O`zR FA O`simliklar eksperimental biologiyasi institutida direktor (1972-1982, 1985-1989), O`zR FA qishloq xo`jaligi fanlari bo`limi raisi (1997-1998). |
| 4. | Abdurazzaqov Abdujabbor (1932-1994) – O`ODUni bitirgan (1956). Fizik olim, fizika-matemetika fanlari doktori (1972), professor (1973), O`zR FA muxbir a`zosi (1984), O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan fan arbobi (1990), Abu Rayhon Beruniy nomidagi O`zbekiston Davlat mukofotining laureati (1978). Ilmiy ishlari asosan eksperimental yadro fizikasiga oid. |
| 5. | Abutaliyev Faradey Basirovich (25.03.1932) – O`ODUni bitirgan (1952). Matematik olim, fizika-matematika fanlari doktori (1964), professor (1972), O`zR FA akademigi (2000). |
| 6. | Azimov Sodiq Azimovich (1914-1988) – O`ODUni bitirgan (1940). Fizik olim, fizika-matematika fanlari doktori (1955), professor (1958). O`zR FA akademigi (1962), O`zR fan arbobi (1964), Abu Rayhon Beruniy nomidagi Davlat mukofoti laureati (1974). O`zR FA fizika-matematika institutida (1958-1962, 1966-1988), O`zR FA Yadro fizikasi institutida direktor (1962-1966), Fizika-quyosh ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi bosh direktori (1986-1988) bo`lgan. |
| 7. | Azlarov Tursun Abdurahimovich (1938) – O`ODUni bitirgan (1960). Matematik olim, fizika-matematika fanlari doktori (1973), professor (1974). O`zR FA akademigi (2000), Abu Rayhon Beruniy nomidagi O`zR Davlat mukofoti laureati (1973). |
| 8. | Aminova Rahima Hodiyevna (1925-2001) - O`ODUni bitirgan(1948). Tarixchi olim, tarix fanlari doktori (1963), professor (1968), O`zR FA akademigi (2004), O`zbekiston Respublikasi Fan arbobi (1985), Abu Rayhon Beruniy nomidagi O`zbekiston Davlat mukofoti laureati (1977). |
| 9. | Alimov Shavkat Oripjonovich (2.03.1945) – MDUni bitirgan (1967).Matematik olim, fizika-matematika fanlari doktori (1973), professor (1974), O`zR FA akademigi (2000). SamDU rektori (1985-1987), ToshDU rektori (1987-1990), Oliy va O`rta maxsus ta`lim vaziri bo`lgan (1990-1992). XXRda O`zbekistonning muxtor va favqulodda vakili (1995-1998). |
| 10. | Arjanix Ivan Semenovich (1914-1980) - O`ODUda o`qigan (1931-1934). Matematik olim, matematika fanlari doktori (1954), professor (1987) O`zR FA muxbir a`zosi (1960), O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan fan va texnika arbobi (1964). |
| 11. | Asqarov Akbar Asqarovich (25.10.1902 –1978) - O`rta Osiyo Davlat universitetini bitirgan (1927). Terapevt, O`zR FA muxbir a`zosi (1943), tibbiyot fanlari doktori (1947), professor (1946), O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan fan arbobi (1956). U birinchi o`zbek shifokorlaridan. |
| 12. | Ayupov Shavkat Abdullayevich (14.09. 1952) - ToshDUni bitirgan (1974). Matematik olim, fizika-matematika fanlari doktori (1983), professor (1985), O`zR FA akademigi (1995).O`zR FA Matematika instituti direktori (1992-1997), Oliy Attestatsiya Komissiyasi raisi (1997-2001), 2004 yildan O`zR FA Matematika instituti direktori. |
| 13. | Ahmedov Bo`riboy Axmedovich (1924-2002) - O`rta Osiyo Davlat universitetini bitirgan (1953). Sharqshunos olim, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, tarix fanlari doktori (1974), O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan fan arbobi (1989), O`zR FA akademigi (1995). Xalqaro Amir Temur jamg`armasi raisi (1995). |
| 14. | Ahmedov Karim Sodiqovich (19.02. 1914- 2003) - O`rta Osiyo Davlat universiteti bitirgan (1937). Kimyogar olim, kimyo fanlari doktori (1958), professor (1960), O`zR FA akademigi (1966), O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan Fan va texnika arbobi (1968), Abu Rayhon Beruniy nomidagi O`zbekiston Davlat mukofoti laureati (1970). O`zR FA kimyo institutining direktori (1965 yildan), ToshPI rektori (1972-1988). |
| 15. | Baratov Mubinjon Baratovich (9.12.1933-2003) - O`rta Osiyo Davlat universitetini bitirgan (1956). Faylasuf olim, falsafa fanlari doktori (1972), professor (1981), O`zR FA akdemigi (2000). O`zR FA falsafa va huquq instituti direktori (1970-1975). O`zR FA Sharqshunoslik instituti direktori (1976-1980) Ilmiy ishlari O`rta Osiyo va xorijiy sharq xalqlari falsafasi tarixiga oid. |
| 16. | Bekjanov Rahim Bekjanovich (5.03. 1930–23.02.2000) - O`rta Osiyo Davlat universitetini bitirgan (1953). Fizika-matematika fanlari doktori (1967), professor (1968), O`zR FA akademigi (1989), O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan fan arbobi (1973), Abu Rayhon Beruniy nomidagi O`zbekiston Davlat mukofoti laureati (1973). |
| 17. | Bedrintsev Kirill Nikolayevich (1907-7.04. 1995) - O`rta Osiyo Davlat Universitetini bitirgan (1929). Iqtisod fanlari doktori (1951), professor (1964), O`zR FA muxbir a`zosi (1962), O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan fan va texnika arbobi (1967). |
| 18. | Bondarenko Boris Anisimovich (1923) - O`rta Osiyo Davlat universitetini bitirgan (1953). Kibernetik olim, fizika-matematika fanlari doktori (1970), professor (1974). O`zR FA akademigi (2000), O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan fan arbobi (1983). |
| 19. | Borovkov Aleksandr Konstantinovich (29.03.1904–25.11.1962) - O`rta Osiyo Davlat universitetini bitirgan (1928). Ittifoq Fanlar akademiyasi (1958) va O`zR FA muxbir a`zosi (1943), professor (1953) O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan fan arbobi (1945). |
| 20. | Buzin Evgeniy Ivanovich (1916-1969) - O`rta Osiyo Davlat universitetini bitirgan (1939). Texnika fanlari doktori (1957), O`zR FA muxbir a`zosi (1962). Ilmiy ishlari deformatsiyalanuvchan qattiq jismlar, suyuqlik va gaz mexanikasi nazariyasiga doir. |
| 21. | Bo`riyev Tojiboy (1938) - ToshDUni bitirgan (1961). Mexanik va matematik olim. Texnika fanlari doktori (1974), professor (1976), O`zR FA akademigi (2000). Ilmiy ishlari qattiq jism mexanikasiga doir qodisalarni algoritmlashga, statik va dinamik yuk ta`siridagi bir o`lchovli va ko`p o`lchovli konstruktsiyalarning aniq hisoblariga, elastiklik nazariyasining dinamik va statik masalalariga oid. |
| 22. | Buryakov Yuriy Fedorovich (15.03.1934) - O`rta Osiyo Davlat universitetini bitirgan (1956). Arxeolog, tarixchi olim, tarix fanlari doktori (1984), O`zR FA akademigi (1996). Shosh-Iloq arxeologiya ekspeditsiyasi rahbari (1978-2003). |
| 23. | Vlasova Nina Aleksandrovna (05.05.1930) - O`rta Osiyo Davlat universitetini bitirgan (1951). Tsitoembriolog, biologiya fanlari doktori (1975), O`zR FA akademigi (2000). |
| 24. | Valiyev Abdulhay Hosimovich (1929-2003) - O`rta Osiyo Davlat universitetini bitirgan (1952). Falsafa fanlari doktori (1967), professor (1969), O`zR FA akademigi (2000). Abu Rayhon Beruniy nomidagi Davlat mukofoti laureati. |
| 25. | Glushenkova Anna Ivanovna (1.08.1926) - O`rta Osiyo Davlat universitetini bitirgan (1938). Kimyogar olim, kimyo fanlari doktori (1972), professor (1982), O`zR FA akdemigi (2000), O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan fan arbobi (1996). O`zR FA o`simlik moddalari kimyosi instituti direktori (1984-1989). |
| 26. | Granitov Ippolit Ivanovich (12.02.1900-31.10.1981.) O`rta Osiyo Davlat universitetini bitirgan (1930). Geobotanik, professor (1960), biologiya fanlari doktori (1961), O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan fan arbobi (1965), O`zR FA muxbir a`zosi (1968). |
| 27. | Gubin Viktor Ivanovich (24.11.1917-22.04.1975) - O`rta Osiyo Davlat universitetini bitirgan (1941). Geofizik olim, fizika-matemtika fanlari doktori (1958), professor (1960), O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan fan arbobi (1967), O`zR FA muxbir a`zosi (1962). |
| 28. | Dadabayev Akrom Dadabayevich (1908-12.08.1988) - O`rta Osiyo Davlat universitetini bitirgan (1928). Selektsioner olim, biologiya fanlari doktori (1954). O`zR FA muxbir a`zosi (1966), O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan fan arbobi (1968). O`zbekiston qishloq xo`jalik akademiyasi vitse-prezidenti (1957-1961).Ilmiy ishlari: qurg`oqchilik va kasalliklarga chidamli, erta pishar va bargi tez to`kiladigan, 42foizi gacha tola beradigan g`o`za navlarini yaratgan. |
| 29. | Dolimov To`rabek No`monovich (18.08.1936) – ToshDUni bitirgan (1960). Geolog olim, geologiya-minerologiya fanlari doktori (1981), professor (1985), O`zR FA akademigi (1995) O`zMU rektori bo`lgan. |
| 30. | Jalilov Ostan (17.09.1937) - ToshDUni bitirgan (1961). Selektsioner–genetik olim, O`zR FA akademigi (2000), O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan fan arbobi (1989), qishloq xo`jaligi fanlari doktori (1981), professor (1991). O`zR FA «Biolog» IIB bosh direktori (1991-1997) bo`lgan. |
| 31. | Jo`rayev To`xtamurod Jo`rayevich (25.10. 1934) – O`ODUni bitirgan (1958). Matematik olim, fizika-matematika fanlari doktori (1972), professor (1974), O`zR FA akademigi (1989), ToshDU rektori (1992-1996), O`zR FA Prezidenti (1995-2000). O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan fan arbobi (1991), Abu Rayhon Beruniy nomidagi Davlat mukofoti laureati (1974). |
| 32. | Zohidov Tesha Zohidovich (10.05.1906–1981) - O`ODUni bitirgan (1931). Zoolog olim, biologiya fanlari doktori (1948), professor (1949), O`zR FA akademigi (1952-1956), O`zR FA prezidenti (1952), O`ODUi rektori (1950-1952), O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan fan va texnika arbobi (1947), Abu Rayhon Beruniy nomidagi Davlat mukofoti laureati (1971). |
| 33 | Ibrohimov Ne`mat (1945) - ToshDUni bitirgan (1970). Sharqshunos olim, manbashunos, jamoat arbobi, O`zR FA akademigi (2000), O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan fan arbobi (1990), filologiya fanlari doktori (1984), professor (1985). Sharqshunoslik instituti rektori (1991-2005). O`zbekiston xorijiy mamlakatlar bilan madaniy ma`rifiy aloqalar jamiyati kengashi raisi (2001 yildan). |
| 34. | Ismoilov Nosir Ismoilovich (27.05.1901–1971) - O`rta Osiyo Davlat universitetini bitirgan (1929). Terapevt, tibbiyot fanlari doktori (1947), professor (1948), O`zR FA muxbir a`zosi (1952), O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan fan arbobi (1951). |
| 35. | Yo`ldoshev Behzod Sodiqovich (9.05.1945) – ToshDUni bitirgan. (1968). Fizik olim, fizika-matematika fanlari doktori (1981), professor (1987), O`zR FA akademigi (2000). O`zR FA Prezidenti (2000-2005). O`zR FA Yadro fizikasi institutining direktori (2005 yil dekabridan). |
| 36. | Yo`ldashev Toymas Sattiyevich (30.07.1931) – MDUni bitirgan (1954). Fizik olim, fizika-matematika fanlari doktori (1972), professor (1983). O`zR FA akademigi (1994), O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan fan arbobi (1991). O`zR FA astronomiya instituti direktori (1983-1995). |
| 37. | Yo`ldoshev Sadriddin Xodjayevich (22.02. 1917-24.04.1996) - O`rta Osiyo Davlat universitetini bitirgan (1939). Biolog olim, biologiya fanlari doktori (1966), professor (1979), O`zR FA muxbir a`zosi (1968).1972 yildan Butunittifoq Paxtachilik ilmiy tekshirish instituti (SoyuzNIXI) direktori bo`lgan. |
| 38. | Komilov Mirzoyan Mirzahmedovich (17.10.1936) – N.E.Bauman nomidagi Moskva Oliy texnika bilim yurtini bitirgan (1960). Informatika va kibernetika sohasi olimi, O`zR FA akademigi (1994), texnika fanlari nomzodi (1974), professor (1977). “Kibirnetika” IIChB qoshidagi Tizimli tadqiqotlar ilmiy tekshirish instituti direktori (1992-1994), O`zR FA vitse-prizidenti (1994-2000). |
| 39. | Kanash Sergey Stepanovich (23.09.1896 - 1975) - O`rta Osiyo Davlat universitetini bitirgan (1925). Selektsioner olim. O`zR FA haqiqiy a`zosi (1952). Butunittifoq g`o`za selektsiyasi va urug`chiligi ilmiy tekshirish instituti direktori (1960-1964). |
| 40. | Karimov Ubaydulla Israilovich (1.04.1920-11.10.1997) - O`rta Osiyo Davlat universitetini bitirgan (1949). Sharqshunos olim, filologiya fanlari doktori (1972), O`zR FA akademigi (1995). Abu Rayhon Beruniy asarlariga oid tsikl ilmiy tadqiqotlar va uning tarjimasining ilmiy sharhi uchun Abu Rayhon Beruniy nomidagi O`zbekiston Davlat mukofotiga sazovor bo`ldi (1971). |
| 41. | Lapkin Kuzma Ivanovich (31.10.1904-19.07.1989) - O`rta Osiyo Davlat universitetining iqtisod fakultetini bitirgan (1930). Iqtisodchi, iqtisod fanlari doktori (1966), professor (1968), O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan fan arbobi (1964), O`zR FA akademigi (1979). O`zR FA vitse-prezidenti(1981-1987). |
| 42. | Maltsev Abram Maiseevich (20.04.1897-25.07.1963) - O`rta Osiyo Davlat universitetini bitirgan (1928). Selektsioner, O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan agronom, O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan fan arbobi, O`zR FA muxbir a`zosi (1943). Butunittifoq paxtachilik ilmiy tadqiqot institutida direktor (1942-1955)Ilmiy ishlari g`o`za selektsiyasi va urug`chiligi genetikasi, bioximiya va geografiyasiga oid. |
| 43. | Mamadolimov Abdug`afur Teshaboyevich (1947) - ToshDUni bitirgan (1969). Fizik olim, fizika-matematika fanlari doktori (1985), professor (1989), O`zR FA akademigi (2000). |
| 44. | Muborakov Ermuxammad Nurupovich (22.04.1944–18.11.1999) - ToshDUni bitirgan (1970). Mexanik olim, texnika fanlari doktori (1989), professor (1991), O`zR FA akademigi (1994). |
| 45. | Musayev Jo`ra Azimboyevich (5.12.1928) - O`rta Osiyo Davlat universitetini bitirgan (1948). Genetik olim, biologiya fanlari doktori (1973), professor (1975), O`zR FA akademigi (1984), O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan fan arbobi (1980). O`zR FA O`simliklar eksperimental biologiya instituti direktori (1982-1984). |
| 46. | Muqimov Komil Muqimovich (14.02.1940) - O`rta Osiyo Davlat universitetida o`qigan (1957-1961). Fizik olim, fizika-matematika fanlari doktori (1988), professor (1989), O`zR FA akademigi (2000). Buxoro universiteti rektori bo`lgan (1992-2005). |
| 47. | Musaxonov Mirzayusup Mirzamaxmudovich (1.09.1943) - MDUni bitirgan (1967).Fizik olim, O`zR FA akademigi (1995), fizika-matematika fanlari doktori (1982), professor (1982). |
| 48. | Muhammadjonov Abdulahad Rahimjonovich (26.12. 1928) - O`rta Osiyo Davlat Universitetini bitirgan (1951). Sharqshunos va arxeolog olim, tarix fanlari doktori, O`zR FA akademigi (2000). O`zR FA tarix va arxeologiya instituti direktori (1980-1983), O`zR FA vitse-prezidenti (1996-1998), O`zbekiston tarixi instituti direktori (1996-1998) bo`lgan. “O`zbekistonda ijtimoiy fanlar” jurnalining bosh muharriri (1997 yildan). |
| 49. | Mo`minov Ramzilla Abdullayevich (24.10.1941) – ToshDU ni bitirgan (1963). Fizik olim, fizika-matematika fanlari doktori (1979), professor (1990), O`zR FA akademigi (2000). O`zR FA fizika-texnika institutida maxsus konstruktorlik byurosi direktori (1984-1988), O`zR FA fan va texnika davlat qo`mitasining Davlat ilmiy texnika axborot bo`limi direktori (1996-2002) bo`lgan. |
| 50. | Mo`minov Tolib Musayevich (1.11.1943) – SamDUni bitirgan (1965). Fizik olim, O`zR FA akademigi (2000), fizika-matematika fanlari doktori (1979), professor (1981). Abu Rayhon Beruniy nomidagi O`zbekiston Davlat mukofoti laureati (1977), Amaliy fizika ilmiy tekshirish instituti direktori (1981-1987), SamDU rektori (1992-1995), ToshDU qoshidagi Amaliy fizika ilmiy tekshirish instituti direktori (1995 yildan). |
| 51. | Nazarov Baxtiyor Aminovich (17.09.1945) - ToshDUni bitirgan (1966). Adabiyotshunos olim, filologiya fanlari doktori (1984), professor (1994). O`zR FA akademigi (2000). O`zR FA Til va adabiyot instituti direktori (1986-1990), O`zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat maslahatchisi (1990-1992), ayni vaqtda “O`zbek tili va adabiyoti” jurnalining bosh muharriri (1986-1994) bo`lgan. |
| 52. | Oybek Muso Toshmuhammedov (10.01.1905-1.07.1968) – O`rta Osiyo Davlat universitetini bitirgan (1930). Yozuvchi, shoir, olim va jamoat arbobi, O`zbekiston xalq yozuvchisi (1965), O`zR FA akademigi (1943). «Sharq yulduzi» jurnalining muarriri (1945-1957), O`zbekiston yozuvchilar soyuzi pravleniyasi raisi (1945-1950), “O`zbek tili va adabiyoti” jurnalining bosh muharriri (1958-1968). |
| 53. | Olimjonov Rahim Olimjonovich (10.07.1913–17.02.1985) - O`rta Osiyo Davlat universitetini bitirgan (1935). Entomolog, biologiya fanlari doktori (1949), professor (1950), O`zR FA muxbir a`zosi (1952), O`zR FA Zoologiya va parazitologiya instituti direktori (1958-1961). |
| 54. | Oripov Tohir Fotihovich (7.09.1945) - ToshDUni bitirgan (1970). Biofizika, ekologiya sohasi olim. Biologiya fanlari doktori (1988), professor (1998), O`zR FA akademigi (1994-95). O`zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat maslahatchisi (1997), O`zR FA vitse-prezidenti (1997 yildan) bo`lgan. |
| 55. | Parpiyev Nusrat Agzamovich (14.09.1931) - O`rta Osiyo Davlat universitetini bitirgan (1953). Kimyogar olim. Kimyo fanlari doktori (1976), professor (1981), O`zR FA akademigi (1995). Buxoro oziq- ovqat va engil sanoat texnologiyasi instituti rektori (1977-1989), Toshkent kimyo texnologiya instituti rektori (1994-2001). |
| 56. | Popov Vladimir Ivanovich (23.02.1907 – 25.11.1991) - O`rta Osiyo Davlat Universitetini bitirgan (1927). Geolog olim, geologiya-minerologiya fanlari doktori (1939), professor (1940), O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan fan va texnika arbobi (1957). O`zR FA akademigi (1968). |
| 57. | Rashidova Sayyora Sharafovna (2.08.1943) - MDUni bitirgan (1965). Kimyogar olima, kimyo fanlari doktori (1983), professor (1984), O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan fan arbobi (1993), O`zR FA akademigi (2000). O`zR FA polimerlar kimyosi va fizikasi instituti direktori (1981 yildan), O`zbekiston Oliy majlisi deputati, Oliy majlisning inson huquqlari bo`yicha vakili (1995 yildan). O`zMU kafedra mudiri (2006 yildan). |
| 58. | Rashidov Tursunboy (1934) - O`rta Osiyo Davlat universitetini bitirgan (1956). Mexanika sohasi olimi, O`zR FA akademigi (1984), O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan fan arbobi (1977), Abu Rayhon Beruniy nomidagi O`zbekiston Davlat mukofoti laureati (1983). O`zR FA mexanika va inshootlarning seysmik mustahkamligi instituti direktori (1966-1974), Toshkent to`qimachilik va engil sanoat instituti rektori (1974-1979), O`zR FA vitse-prezidenti (1985-92), O`zR FA Prezidiumi mexanika boshqaruv jarayonlari va informatika bo`limi raisi (1992-1994). |
| 59. | Rasulov O`tkir Hasanovich (11.07.1939) - O`rta Osiyo Davlat universitetini bitirgan (1961). Fizik olim, fizika-matematika fanlari doktori (1979), professor (1992), O`zR FA akademigi (1995). O`zR FA Elektronika instituti direktori (1985 yildan). |
| 60. | Risqiyev To`xtapo`lat Tursunovich (3.11.1944) - ToshDUni bitirgan (1970). Fizik olim, texnika fanlari doktori (1993), O`zR FA akademigi (1995). O`zbekiston Respublikasi Prezidentining fan, ta`lim va ijtimoiy muammolar masalalari bo`yicha davlat maslahatchisi (1993-94, 1997-2003), O`zbekiston Respublikasining Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya qo`shma qirolligidagi favqulodda va muxtor elchisi (2003 yildan). |
| 61. | Rtveladze Edvard Vasilevich (14.05.1942) - ToshDUni bitirgan (1967). Arxeolog, tarixchi olim. Tarix fanlari doktori (1989), professor (1992), O`zR FA akademigi (1995), Abu Rayhon Beruniy nomidagi O`zbekiston davlat mukofoti laureati (1985). |
| 62. | Rustamov Husni Rustamovich (21.03.1910) - O`rta Osiyo Davlat universitetini bitirgan (1932). Kimyogar olim, kimyo fanlari doktori (1954), professor (1955), O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan fan va texnika arbobi (1967), O`zR FA akademigi (2000). |
| 63. | Rustamov Alibek (15.05.1931) - O`rta Osiyo Davlat universitetini bitirgan (1955). Manbashunos, tilshunos olim. Filologiya fanlari doktori (1968), professor (1968), O`zR FA akademigi (1995). |
| 64. | Salihov Shavkat Ismailovich (12.12.1944) - ToshDUni bitirgan (1967). Kimyogar olim, biologiya fanlari doktori (1984), professor (1984), O`zR FA akademigi (1995), O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan fan arbobi (1998). 2005 yil mart oyidan O`zR FA prezidenti. |
| 65. | Salohitdinov Mahmud Salohitdinovich (1933) - O`ODUni bitirgan (1955). Matematik olim, fizika-matematika fanlari doktori (1967), professor (1969). O`zR FA akademigi (1974), O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan fan arbobi (1984). O`zR FA vitse-prezidenti (1984-1985), O`zbekiston Oliy va o`rta maxsus ta`lim vaziri (1985-1989), O`zR FA prezidenti (1988-1994) bo`lgan. |
| 66. | Sarimsoqov Toshmuhammad Aliyevich (10.09.1915–1995) - O`ODUni bitirgan (1936). Matematik olim, davlat va jamoat arbobi, fizika-matematika fanlari doktori (1942), professor (1942). O`zR FA akademigi, O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan fan arbobi (1960), Davlat mukofoti laureati (1967), Mehnat qahramoni (1990). O`ODU (1943-44, 1952-1958), ToshDU rektori (1971-1983) bo`lgan. O`zR FA prezidenti (1947-1952). O`zbekiston Ministrlar soveti Oliy va o`rta maxsus ta`lim Davlat Komitetining raisi (1959-1960), O`zbekiston Respublikasi Oliy va O`rta maxsus ta`lim vaziri (1960-1971).T.A.Sarimsoqov O`zbekistonda oliy ta`limning, matematika fanining rivojlanishiga katta hissa qo`shgan, ko`plab fan nomzodlari va fan doktorlarini tayyorlab etishtirgan. U 1971 yildan Osiyo va Afrika hamkorlik jamiyati O`zbekiston komitetining raisi edi. |
| 67. | Satimov Nu`mon Yunusovich (15.12.1939-2006) - MDUni bitirgan (1962). Matematik olim, fizika-matematika fanlari doktori (1977), professor (1978). O`zR FA akademigi (2000). |
| 68. | Sattorov Jo`raqul Sattorovich (1938) - ToshDUni bitirgan (1962). Agrokimyogar, tuproqshunos olim. qishloq xo`jalik fanlari doktori (1980), professor (1982), O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan qishloq xo`jalik xodimi (1990), O`zR FA akademigi (1994). O`zR FA tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy tekshirish instituti direktori (1987-1995), SamDU rektori (1995-1999). |
| 69. | Sa`dullayev Azimbay (9.01.1947) - MDUni bitirgan (1969). Matematik olim. Fizika-matematika fanlari doktori (1982), professor (1985), O`zR FA akademigi (1995). Urganch Davlat universiteti rektori (1992-2007), Xorazm Ma`mun akademiyasi raisi (1997-2002). |
| 70. | Sirojiddinov Sa`di Hasanovich (10.05.1920–04.1988) - O`ODUni bitirgan (1942). Matematik olim va jamoat arbobi, fizika-matematika fanlari doktori (1953), professor (1956), O`zR FA akademigi (1966), O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan fan arbobi (1970), Abu Rayhon Beruniy nomidagi O`zbekiston Davlat mukofoti laureati (1973). ToshDU rektori (1966-1970), O`zR FA vitse-prezidenti (1970-1983), ToshDU rektori (1983-1987) bo`lgan. |
| 71. | Sodiqov Obid Sodiqovich (5.11.1913–1987) - O`ODUni bitirgan (1937). Kimyogar olim, davlat va jamoat arbobi, kimyo fanlari doktori (1946), professor (1947). O`zR FA akademigi (1947), Ittifoq Fanlar Akademiyasining akademigi (1972), O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan fan arbobi (1960), Mehnat qahramoni (1973). ToshDU rektori (1958-1966). O`zR FA Prezidenti (1966-1984). |
| 72. | Starodubtsev Sergey Vasilevich (24.10.1914–19.03.1967) - O`ODUDA o`qigan (1931), mduni bitirgan (1935). fizik olim, texnika fanlari doktori (1946), professor (1947), O`zR FA akademigi (1956), vitse-prezidenti (1956-1966), O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan fan va texnika arbobi (1964). O`ZR FA yadro fizikasi instituti direktori (1966-1967). |
| 73. | Sultanov Abdulla Sultanovich (13.03.1913–26.10.1983) - O`rta Osiyo Davlat universitetini bitirgan (1935). Kimyogar olim, kimyo fanlari doktori (1964), professor (1966), O`zR FA muxbir a`zosi (1966), O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan fan va texnika arbobi (1973). |
| 74. | Sultanov Muhammad Aliyevich (02.02.1915–12.07.1980) - O`rta Osiyo Davlat universitetini bitirgan (1937). Gelmintolog, biologiya fanlari doktori (1963), O`zR FA muxbir a`zosi (1968). |
| 75. | Sultanov Izzat Otaxonovich (1910) - O`rta Osiyo Davlat universitetini bitirgan (1930). Adabiyotshunos, dramaturg. Filologiya fanlari doktori (1955), O`zR FA akademigi (1995), O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan san`at arbobi (1964), Abu Rayhon Beruniy nomidagi O`zbekiston Davlat mukofoti laureati (1970). O`zR FA Til va adabiyot instituti direktori (1948-1953). |
| 76. | Toshmuhamedov Bekjon Oybekovich (27.01.1935) - MDUni bitirgan (1958). Biolog-biofizik olim. Biologiya fanlari doktori (1971), professor (1973), O`zR FA akademigi (1987), O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan fan arbobi (1985). O`zR FA fiziologiya instituti direktori (1985-92). |
| 77. | Tashpulatov Yunus Tashpulatovich (15.08.1932) - O`rta Osiyo Davlat universitetini bitirgan (1953). Kimyogar olim, professor (1980), O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan fan arbobi (1981), kimyo fanlari doktori (1978), O`zR FA akademigi (2000). Kimyo sanoati vazirligi qoshidagi Paxta tsellyulozasi texnologiyasi ilmiy tekshirish instituti direktori bo`lgan (1974-1983). |
| 78. | Tursunmuhamedov Sattor Fazilhaqovich (11.01.1929) - O`rta Osiyo Davlat universitetini bitirgan (1952). Faylasuf olim. Falsafa fanlari doktori (1970), professor (1972), O`zR FA akademigi (2000). Toshkent Davlat pedagogika instituti rektori (1980-1983). |
| 79. | Tolipov Shukur Tolipovich (5.01.1908–1980) - O`rta Osiyo Davlat Universitetini bitirgan (1935).Kimyogar olim, kimyo fanlari doktori (1948), professor (1949), O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan fan arbobi (1950), Qozog`iston FA akademigi (1967 y.). |
| 80. | Troitskiy Vitaliy Ivanovich (13.071932) - O`rta Osiyo Politexnika Institutini bitirgan (1956). Geolog injener. Geologiya fanlari doktori (1967) professor (1968). O`zbekiston Respublikasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi davlat mukofoti laureati (1985), O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan fan arbobi (1995), Rossiya tabiiy fanlar akademiyasi akademigi (2008). |
| 81. | Umarov G`iyos Yoqubovich (25.12.1921 – 21.12.1988) - O`rta Osiyo Davlat universitetini bitirgan (1943). Fizik olim. Texnika fanlari doktori (1967), professor (1968), O`zR FA muxbir a`zosi (1968). |
| 82. | Usmanov Hamdam Usmanovich (16.10.1916 – 5.07. 1994) - O`rta Osiyo Davlat universitetini bitirgan (1937). Kimyogar olim. Kimyo fanlari doktori (1954), professor (1955), O`zR FA akademigi (1966), O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan fan va texnika arbobi (1966).O`zR FA kimyo instituti direktori (1952-1956), O`zR FA o`simliklar kimyosi instituti direktori (1956-1959), O`zR FA Polimerlar kimyosi instituti direktori (1959-1962). |
| 83. | Usmanov Fayzulla Asadullayevich (30.04.1935) - O`rta Osiyo Davlat universitetini bitirgan (1969). Geolog olim. Geologiya va minerologiya fanlari doktori (1979), O`zR FA akademigi (1995), O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan fan arbobi (1998). O`zR FA geologiya va geofizikasi instituti direktori (1992-2000) bo`lgan. |
| 84. | Umidova Zulfiya Ibrohimovna (1.07.1897-17.04.1980) - Turkiston Davlat Universitetini bitirgan (1922). Terapevt, tibbiyot fanlari doktori (1947), professor (1948), Ittifoq Tibbiyot Fanlari Akademiyasining muxbir a`zosi (1948), O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan vrach (1944), O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan fan arbobi (1949). |
| 85. | Fayzullayev Jorulla Fayzullayevich (11.02.1924–24.10.1992) - O`rta Osiyo Davlat Universitetini bitirgan (1948). Gidromexanik olim, texnika fanlari doktori (1971), professor (1971). O`zR FA muxbir a`zosi (1974), O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan fan arbobi (1992). |
| 86. | Farmonov Shokir Hosimovich (20.02.1941) - O`rta Osiyo Davlat Universitetini bitirgan (1963). Matematik olim. Fizika-matematika fanlari doktori (1973), professor (1977). O`zR FA akademigi (2000). Ilmiy ishlari Markov zanjiri bo`yicha boshlang`ich tasodifiy miqdorlar va vektorlar uchun ilmiy teoremalar yaratishga oid. |
| 87. | Filatov Aleksandr Nikolayevich (1.10.1930) - O`rta Osiyo Davlat Universitetini bitirgan (1953). Matematik va mexanik olim. Fizika-matematika fanlari doktori (1969), professor (1970), O`zR FA akademigi (2000). |
| 88. | Xayrullayev Muzaffar Muxitdinovich (17.11.1931–26.03. 2004) - O`rta Osiyo Davlat universitetini bitirgan (1951). Filosof olim. Falsafa fanlari doktori (1966), professor (1967), O`zR FA akademigi (1989). O`zR FA filosofiya va huquq instituti dirketori (1961-1970, 1975-1980) bo`lgan. So`ng O`zR FA Sharq qo`lyozmalar instituti direktori (1980-87, 1993-2004) bo`lgan. |
| 89. | Shermuhammedov Said (12.05. 1930) - SamDUni bitirgan (1953). Faylasuf olim. Falsafa fanlari doktori (1973), professor (1978). O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan fan arbobi (1980). Abu Rayhon Beruniy nomidagi O`zbekiston Respublikasi Davlat mukofoti laureati (1992), O`zR FA akademigi (2000).O`zbekiston KP Markaziy komitetida Fan va madaniyat bo`limi mudiri o`rinbosari (1964-1965), madaniyat bo`limi mudiri (1965-1970). O`zbekiston maorif vaziri (1970-1984), O`zbekiston Pedagogika ilmiy tekshirish instituti direktori (1984-1985), O`zbekiston Falsafa jamiyati prezidenti (1990 yildan). |
| 90. | Tsukervanik Isaak Platonovich (23.05.1901-21.04.1968) - O`rta Osiyo Davlat universitetini bitirgan (1927). Kimyogar olim. Kimyo fanlari doktori (1940), professor (1940), O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan fan va texnika arbobi (1942), O`zR FA akademigi (1966). Mendeleev nomli Butunittifoq kimyogarlar jamiyati Respublika bosh?aruvining raisi bo`lgan (1942-57). |
| 91. | Yudaxin Konstantin Kuzmich (31.05.1890–22.02. 1975) - O`rta Osiyo Davlat universitetini bitirgan (1925).Tilshunos, sharqshunos olim. Professor (1940), O`zR FA muxbir a`zosi (1952), Qirg`iziston FA akademigi (1955). «Qirg`izcha-ruscha lug`at» uchun 1967 yilda Davlat mukofotiga sazovor bo`lgan. |
| 92. | Yunusov Sobir Yunusovich (18.03.1909–29.11.1995) - O`rta Osiyo Davlat universitetini bitirgan (1935). Kimyogar olim. Kimyo fanlari doktori (1949), professor (1952), O`zR FA akademigi (1952), Ittifoq FA muxbir a`zosi (1958), O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan fan va texnika arbobi (1959), Leopoldin nomli nemis tabiatshunoslari akademiyasining akademigi (1962), Mehnat qahramoni (1969). O`zR FA vitse-prezidenti (1952-1962), O`zR FA O`simlik moddalari kimyosi instituti direktori (1958-1983) bo`lgan. |
| 93. | Yunusov Muhammadjon Sobirovich (5.01.1932 –15.10. 2002) - O`rta Osiyo Davlat universitetini bitirgan (1955).Fizik olim. Fizika-matematika fanari doktori (1981), professor (1983), O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan fan arbobi (1993), O`zR FA akademigi (2000). |
| 94. | Yusupov Erkin (1929–2003) - O`ODUni bitirgan (1951). Faylasuf olim va jamoat arbobi. Falsafa fanlari doktori (1965), professor (1966), O`zR FA akademigi (1979), O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan fan arbobi (1979). O`zR FA vitse-prezidenti (1979-1989), ToshDU rektori (1990-1992) bo`lgan. |
| 95. | O`razbayev Muhammad Toshevich (20.05.1906-9.05.1971) - O`ODUning ishchi fakultetini bitirgan (1928). Mexanik olim, texnika fanlari doktori (1947), professor (1938). O`zR FA akademigi (1956), Ittifoq qurilish va arxitektura akademiyasining haqiqiy a`zosi (1957), Davlat mukofoti laureati (1959), Abu Rayhon Beruniy nomidagi O`zbekiston Davlat mukofoti (1967) laureati. O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan fan va texnika arbobi (1960).O`zR FA mexanika va inshootlarning seysmik musta?kamligi instituti direktori (1947-1957). Toshkent Politexnika instituti rektori (1963-1971). |
| 96. | Qori Niyoziy – Toshmuhammad Niyozovich (2.09. 1897– 18.03.1970). O`rta Osiyo Davlat universitetini bitirgan (1921). Matematik olim, pedagog, davlat va jamoat arbobi, fizika-matematika fanlari doktori (1930), professor (1931), O`zR FA akademigi (1943), O`zR FA birinchi prezidenti (1943-47), O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan fan arbobi (1939), Mehnat qahramoni (1967). Ikki marta Davlat mukofotiga sazovor bo`lgan. |
| 97. | Qayumov Azizxon Po`latovich (1926 yanvar) - O`rta Osiyo Davlat universitetini bitirgan (1949). O`zbek adabiyotshunosi, filologiya fanlari doktori (1961), O`zR FA akademigi (1995), O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan fan arbobi (1986).O`zR FA til va adabiyot instituti direktori (1958-1961) bo`lgan. Toshkent madaniyat instituti rektori (1974-1979), Hamid Sulaymonov nomidagi qo`lyozmalar instituti direktori (1979). |
| 98. | Hosimov Akmaljon (1937 – 2004) - ToshDUni bitirgan (1961). Bioximik olim. Biologiya fanlari doktori (1978), professor (1978), O`zR FAning akademigi (2000). Andijon pedagogika instituti rektori (1976). |
| 99. | Qo`shjonov Matyoqub (5.05.1918–16.08.2005) - O`rta Osiyo Davlat universitetini bitirgan (1950). Adabiyotshunos olim, tanqidchi. Filologiya fanlari doktori (1972), professor (1975), O`zR FA akademigi (2000), O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan fan arbobi (1978).O`zR FA Til va adabiyot instituti direktori (1975-1987) bo`lgan. |
| 100. | Qo`chqortoyev Iristoy (5.07.1936-2002) - O`rta Osiyo Davlat universitetini bitirgan (1958). O`zbek tilshunosi, pedagog. Filologiya fanlari doktori (1979), professor (1983), O`zR FA akademigi (2000). |
| 101. | Katsepolskiy Iosif Samuilovich (10.10.1903–2.10. 1976) - O`rta Osiyo Davlat universitetini bitirgan (1930). Kimyogar olim. Kimyo fanlari doktori (1960), professor (1967), O`zR FA muxbir a`zosi (1968). |
| 102. | G`ulomov Ulug` G`ofurovich (1933–1990) - O`rta Osiyo Davlat universitetini bitirgan (1955). Fizik olim. Fizika-matematika fanlari doktori (1972), professor (1974), O`zR FA muxbir a`zosi (1974). O`zR FA Yadro fizikasi institutida direktori bo`lgan (1969-1978). |
| 103. | Hamrabayev Ibrohim Hamrabayevich (5.05.1920-24.06.2002) - O`rta Osiyo Davlat universitetini bitirgan (1942). Geolog olim. Geologiya fanlari doktori (1957), professor (1958). O`zR FA akademigi (1974), O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan fan arbobi (1970). O`zR FA H.M.Abdullaev nomidagi geologiya va geofizika instituti direktori (1960 yildan) bo`lgan. |
| 104. | Hojiyev Azim (18.12.1933) - O`rta Osiyo Davlat universitetini bitirgan (1956). Tilshunos olim. Filologiya fanlari doktori (1968), professor (1975), O`zR FA akademigi (2000), O`zbekiston Respublikasida xizmat ko`rsatgan fan arbobi (2000). |
| 105. | Hojiyev Javdat (4.07.1938) - MDUni bitirgan (1962). Matematik olim. Fizika-matematika fanlari doktori (1977), professor (1977), O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan fan arbobi (1990). O`zR FA akademigi (2000). |
| 106. | Habibullayev Po`lat Qirg`izboyevich (14.10. 1938) - O`ODUni bitirgan (1960). Fizik olim, jamoat va davlat arbobi. Fizika matematika fanlari doktori (1971), professor (1972), O`zR FA akademigi (1984, Rossiya Texnologiya FA akademigi (1992). O`zR FA vitse-prezidenti (1979-1984), Prezidenti (1984-1988) bo`lgan. Abu Rayhon Beruniy nomidagi O`zbekiston Davlat mukofoti laureati (1981). |
Barkamol avlodni shakllantirish ma`naviy taraqqiyot omili mavzusida 2010 - yil 30 aprel soat 10:00 da Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti Madaniyat saroyida bo`lib o`tadigan Respublika ilmiy amaliy konferentsiyasiga taklif etadi.
Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti O`zbekistonning innovatsion taraqqiyoti yoshlar nigohida mavzusidagi Respublika ilmiy- amaliy konferentsiyasiga taklif etadi.
Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti Falsafa fakultetining Sotsiologiya kafedrasi 2009 yil 17 dekabr kuni soat 14:00 da Sotsiologiya kafedrasining 20 yilligiga bag`ishlangan tadbirga taklif etadi.
2004-2009, Nuu.Uz













Akademiklar