E-MAIL
Foydali saytlar

Gov

Press-Service

ZiyoNet

Uza

Uza

www.edu.uz

www.vak.uz

www.pedagog.uz

Umumiy ma`lumotlar

universitet haqida, rasmiy rekvizitlar, nizom, rektorat, universitet tuzilmasi, hukumat qarorlari ijrosi, kengashlar, yangiliklar

Abiturientlar uchun

yo`riqnoma, test topshirish, qabul komissiyasining axborot xizmati, mutaxassisliklar, yo`nalishlar, o`tiladigan darslar, imtiyozlar, ikkinchi mutaxassisliklar, universitet qoidalari

Talabalar uchun

talabalar uchun yo`riqnoma, baholash tizimi, stipendiyalar, magistratura, aspirantura, ijtimoiy muhofaza, talabalar turar joylari, dars jadvallari, kutubxonalar va a'zolik

O`qituvchilar uchun

shartnomalar ko`rinishi, baholash tizimi, malaka oshirish va qayta tayyorlash, o`tkazilayotgan tadbirlar

Ilmiy faoliyat

ilmiy bo`lim, markazlar va laboratoriyalar, konferensiya va seminarlar, himoya hujjatlari, ilmiy ishlar kengashlari, himoyaga oid e`lonlar, talabalarning ilmiy faoliyati, ochiq darslar, innovatsion faoliyat, loyihalar

Xalqaro aloqalar

jalb etilgan sarmoyalar, loyihalar, xorijiy talabalarni o`qitish

Madaniy-ma`rifiy faoliyat

madaniy tadbirlar, madaniyat va ma`rifat markazlari, talabalar hayoti, sport tadbirlari

Axborot resurslari

darsliklar, ma`ruza matnlari, qo`llanmalar, laboratoriya va amaliy ishlar, o`quv uslubiy qo`llanmalar, badiiy asarlar, referatlar, taqdimotlar, magistrlik dissertatsiyalari

Internet resurslar

o`zbek adabiyoti, yubiley, tematik saytlar, fakultet saytlari

Bizning faxrimiz

akademiklar, rektorlar, fan doktorlari, professorlar

Universitet muzeylari

noyob qo`lyozmalar, tarix, geologiya, zoologiya muzeylari

Yangiliklar

fakultetlar va universitet yangiliklari

Yangiliklar
 
|
barcha yangiliklar
Innovatsion g`oyalar – taraqqiyot omili

03, 2010


Poytaxtimizdagi “O`zekspomarkaz”da III Respublika innovatsion g`oyalar, texnologiyalar va loyihalar yarmarkasi davom etmoqda.

Davlatimiz rahbari Islom Karimov tashabbusi bilan uchinchi bor tashkil etilgan mazkur tadbirda qator vazirlik va idoralar, banklar, turli tarmoq korxonalari, jumladan, xususiy va qo`shma korxonalar, fermer xo`jaliklari, Fanlar akademiyasi tizimidagi ilmiy muassasalar, oliy o`quv yurtlari, ilmiy markazlar, tajriba-konstruktorlik tashkilotlari ishtirok etmoqda.

Iqtisodiyot vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo`mitasi, Fanlar akademiyasi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi tomonidan tashkil etilgan yarmarka Prezidentimiz Islom Karimovning 2008 yil 15 iyulda qabul qilingan “Innovatsion loyihalar va texnologiyalarni ishlab chiqarishga tatbiq etishni rag`batlantirish borasidagi qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi qarori ijrosini ta’minlash doirasida o`tkazilmoqda.

Ushbu tadbir mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko`lamli ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning yana bir samarasi bo`lib, yangi g`oyalarni amaliyotga tatbiq etish, ilm-fan va sanoatni yuksaltirish va shu orqali ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, valutani tejash, ichki bozorda mahalliy mahsulotlar ulushini ko`paytirish, ilmiy muassasalar bilan korxonalar o`rtasida o`zaro hamkorlikni rivojlantirish uchun yangi imkoniyatlar ochmoqda.

Mamlakatimizda qishloq xo`jaligini barqaror rivojlantirish, yerlarning meliorativ holatini yaxshilash va shu asosda hosildorlikni ko`paytirish, melioratsiya ishlarini tashkil qilish va moliyalashtirish mexanizmini takomillashtirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bunda davlatimiz rahbarining 2007 yil 29 oktabrda qabul qilingan “Yerlarning meliorativ holatini yaxshilash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi farmoni muhim omil bo`layotir.

– Yurtimizda qishloq xo`jaligi sohasida amalga oshirilayotgan izchil islohotlar samarasida yer resurslaridan oqilona foydalanish, tuproq unumdorligini oshirish, qishloq xo`jaligiga zamonaviy texnologiyalarni jalb etish borasida yuksak natijalarga erishilmoqda, – deydi Toshkentdagi “Baykal” mas’uliyati cheklangan jamiyati bosh direktori Bahodir Boyjonov. – Fermerlik harakati dehqonlarda yerga egalik hissini kuchaytirish va hosildorlikni oshirish barobarida, tuproqning meliorativ holatini yaxshilashga ham xizmat qilayotir. Biz ushbu yarmarkada taklif etayotgan “Baykal EM1” mikrobiologik o`g`iti yer mikroflorasini to`la tiklash, tuproq unumdorligini oshirish, ekologik toza mahsulotlar yetishtirish imkonini beradi. Shu vaqtgacha qiymati 500 million so`mdan ziyod shartnomalar imzoladik.

Mamlakatimizda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilayotir. Davlatimiz rahbarining 2002 yil 30 mayda qabul qilingan “Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish to`g`risida”gi farmoni bu yo`nalishdagi islohotlarda muhim dasturilamal bo`lmoqda.

– Ushbu an’anaviy yarmarka yangi g`oyalar bilan tanishish va o`rtoqlashish, ularni amaliyotga tatbiq etishda hamkorlik qilish, fikr va tajriba almashish imkonini berayotganidan g`oyat mamnunmiz, – deydi “O`zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasining bosh mutaxassisi Karim Mullaboyev. – Kompaniyamiz uch yirik loyiha bilan ishtirok etmoqda. Toshkent shahar telefon tarmog`idagi barcha raqamli telefon stansiyalarini boshqaradigan yagona monitoring markazi tuzish niyatidamiz. Bu loyihaning afzalligi shundaki, u stansiyalarda vujudga kelgan nosozliklar haqida tezda xabar topish va muammoni qisqa vaqtda bartaraf etish imkonini beradi. O`tgan yilgi yarmarkada umumiy qiymati 500 million so`mdan ziyod bir nechta shartnoma tuzgan edik. Ushbu ko`rsatkichni yanada oshirish niyatidamiz.

Qayd etish joizki, III Respublika innovatsion g`oyalar, texnologiyalar va loyihalar yarmarkasi O`zbekistonda yaratilgan eng istiqbolli texnologiyalar bilan keng ko`lamda tanishish va ularni ishlab chiqarishga joriy etish imkonini bermoqda. Yarmarkada sanoat, qishloq xo`jaligi, sog`liqni saqlash, farmatsevtika, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, ilm-fan va ta’lim sohalariga oid yuzlab yangi texnologiya va ishlanmalar namoyish etilayotir. Xalqaro talablarga to`liq javob beradigan, eksportbop va import o`rnini bosadigan mahsulotlar ishlab chiqarishga qaratilgan ushbu innovatsion g`oyalar kelgusida mamlakatimiz iqtisodiyotini yanada taraqqiy ettirishga xizmat qiladi

uza.uz


 
 
 

© 2004-2009, Nuu.Uz

Âñå ïðàâà çàùèùåíû