Umumiy ma`lumotlar
universitet haqida, rasmiy rekvizitlar, nizom, rektorat, universitet tuzilmasi, hukumat qarorlari ijrosi, kengashlar, yangiliklar
Abiturientlar uchun
yo`riqnoma, test topshirish, qabul komissiyasining axborot xizmati, mutaxassisliklar, yo`nalishlar, o`tiladigan darslar, imtiyozlar, ikkinchi mutaxassisliklar, universitet qoidalari
Talabalar uchun
talabalar uchun yo`riqnoma, baholash tizimi, stipendiyalar, magistratura, aspirantura, ijtimoiy muhofaza, talabalar turar joylari, dars jadvallari, kutubxonalar va a'zolik
O`qituvchilar uchun
shartnomalar ko`rinishi, baholash tizimi, malaka oshirish va qayta tayyorlash, o`tkazilayotgan tadbirlar
Ilmiy faoliyat
ilmiy bo`lim, markazlar va laboratoriyalar, konferensiya va seminarlar, himoya hujjatlari, ilmiy ishlar kengashlari, himoyaga oid e`lonlar, talabalarning ilmiy faoliyati, ochiq darslar, innovatsion faoliyat, loyihalar
Xalqaro aloqalar
jalb etilgan sarmoyalar, loyihalar, xorijiy talabalarni o`qitish
Madaniy-ma`rifiy faoliyat
madaniy tadbirlar, madaniyat va ma`rifat markazlari, talabalar hayoti, sport tadbirlari
Axborot resurslari
darsliklar, ma`ruza matnlari, qo`llanmalar, laboratoriya va amaliy ishlar, o`quv uslubiy qo`llanmalar, badiiy asarlar, referatlar, taqdimotlar, magistrlik dissertatsiyalari
Internet resurslar
o`zbek adabiyoti, yubiley, tematik saytlar, fakultet saytlari
Bizning faxrimiz
akademiklar, rektorlar, fan doktorlari, professorlar
Universitet muzeylari
noyob qo`lyozmalar, tarix, geologiya, zoologiya muzeylari
Yangiliklar
fakultetlar va universitet yangiliklari
27, 2010
Xalqimiz ma’naviyatini yuksaltirish, yosh avlodni Vatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida kamol toptirishda badiiy adabiyotning beqiyos o`rni, ta’siri va ahamiyatini inobatga olgan holda, adabiyotimiz ravnaqi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, yozuvchi va shoirlarning ijodiy salohiyatini to`la ro`yobga chiqarishga ko`maklashish va O`zbekiston Yozuvchilar uyushmasining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash maqsadida:
1. Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 30 iyuldagi 394-f-son farmoyishiga binoan tashkil etilgan Respublika komissiyasining O`zbekiston Yozuvchilar uyushmasining Adabiyot fondi negizida Uyushma huzuridagi yuridik shaxs maqomiga ega bo`lgan “Ijod” fondini (keyingi o`rinlarda – Fond) tashkil etish to`g`risidagi taklifi ma’qullansin.
Quyidagilar Fondning asosiy vazifalari etib belgilansin:
o`zbek adabiyotini yanada rivojlantirish, badiiy so`z san’ati sohasidagi yutuqlarni keng targ`ib etishga qaratilgan dastur va loyihalarni amalga oshirish uchun mablag`lar jamg`arish va yo`naltirish;
O`zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zolarining samarali ijodiy faoliyatini ta’minlash maqsadida ular uchun zarur maishiy, tibbiy xizmatlar ko`rsatish va boshqa shart-sharoitlar yaratish;
adabiyotimiz rivojiga munosib hissa qo`shgan keksa avlodga mansub O`zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zolariga aniq yo`naltirilgan moddiy yordam ko`rsatish;
ijodiy ko`rik-tanlovlarni tashkil etish, iqtidorli yosh adiblarning O`zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan tavsiya etiladigan ijod namunalarini, jumladan, birinchi kitoblarini nashr etish uchun moliyaviy yordam ko`rsatish;
xalqimizning qadimiy tarixi, boy madaniyati, asriy an’ana va qadriyatlari tarannum etilgan, milliy ma’naviyatimizning mazmun-mohiyati teran badiiy ifodasini topgan mumtoz va zamonaviy adabiyotimiz munosib namunalarining xorijiy tillarga tarjima qilinishini hamda Internetda keng targ`ib etishni moliyalashtirish;
O`zbekiston Yozuvchilar uyushmasining moddiy-texnik bazasini rivojlantirish va mustahkamlash, uning tasarrufidagi ko`chmas mulkni boshqarish, Fond mablag`laridan Fond nizomida belgilangan vazifalarni amalga oshirishda maqsadli va samarali foydalanish.
2. Quyidagilar:
Fondning Vasiylik kengashi tarkibi 1-ilovaga muvofiq;
Fond ijro etuvchi direksiyasining tashkiliy tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq ma’qullansin.
Belgilab qo`yilsinki, Fondning ijro etuvchi direktori O`zbekiston Yozuvchilar uyushmasining tavsiyasiga binoan Fondning Vasiylik kengashi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.
3. Fondning Vasiylik kengashi (SH.Mirziyoyev):
har yili Fondning daromad va xarajatlari istiqbol ko`rsatkichlarini tasdiqlab borsin;
Fond mablag`laridan foydalanishning asosiy yo`nalishlarini ko`rib chiqsin va ma’qullasin;
Fond oldiga qo`yilgan vazifalarni amalga oshirishda manfaatdor davlat, nodavlat va jamoat tashkilotlarini, shuningdek, Fondga homiylik yordamini jalb qilsin;
Fondning ijro etuvchi direksiyasi faoliyatini Fond daromadlarining shakllantirilishi, xarajatlarining asosliligi hamda mablag`lardan maqsadli foydalanilishi yuzasidan muntazam nazorat qilib borilishini ta’minlasin.
4. Quyidagilar Fond mablag`larini shakllantirish manbalari etib belgilansin:
noshirlik va matbaa korxonalarining bosma mahsulotlarini realizatsiya qilishdan, shuningdek, bosma mahsulotlarni ishlab chiqarish va realizatsiya qilish bilan bog`liq tahrir, matbaa va noshirlik xizmatlari ko`rsatishdan tushgan tushumning 2 foizi miqdoridagi ajratmalar;
“Do`rmon” ijod uyi kottejlari va mehmonxona xonalarini ijaraga berishdan hamda Fondning vaqtincha bo`sh mablag`larini joylashtirishdan olingan daromadlar;
yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik yordami;
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
5. Ushbu qarorning 4-bandi ikkinchi abzatsida ko`rsatilgan ajratmalar foydadan olinadigan soliq, yagona soliq to`lovi va davlat maqsadli jamg`armalari hamda Budjetdan tashqari maktab ta’limi jamg`armasiga ajratmalarni hisoblashda soliqqa tortiladigan bazani kamaytirishi belgilab qo`yilsin.
6. O`zbekiston Yozuvchilar uyushmasining:
“Do`rmon” ijod uyi va O`zbekiston Yozuvchilar uyushmasi poliklinikasini Fond boshqaruviga o`tkazish;
Fond tomonidan “Do`rmon” ijod uyidan foydalanish direksiyasi” unitar korxonasini ta’sis etish va unga boshqarish uchun berilayotgan mulkdan samarali foydalanish vazifasini yuklash to`g`risidagi takliflariga rozilik berilsin.
7. O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Vazirlar Mahkamasining Zaxira jamg`armasidan Fondga uning aylanma mablag`larini shakllantirish maqsadida 2010 yilda 100,0 (yuz) mln. so`m mablag` ajratishni, shuningdek, zarur bo`lgan holatlarda, keyingi yillarda mablag` ajratish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritilishini ta’minlasin.
8. Fond va “Do`rmon” ijod uyidan foydalanish direksiyasi” unitar korxonasi hamda O`zbekiston Yozuvchilar uyushmasi poliklinikasi 2015 yil 1 yanvargacha barcha soliqlardan, shuningdek, davlat maqsadli jamg`armalariga va Budjetdan tashqari maktab ta’limi jamg`armasiga majburiy ajratmalarni to`lashdan ozod etilsin.
Belgilab qo`yilsinki, ushbu imtiyozlar berilishi munosabati bilan bo`shaydigan mablag`lar faqat Fond va uning boshqaruvidagi “Do`rmon” ijod uyidan foydalanish direksiyasi” unitar korxonasi hamda O`zbekiston Yozuvchilar uyushmasi poliklinikasi zimmasiga yuklangan vazifalarni bajarishga yo`naltiriladi.
9. Fondning Vasiylik kengashi O`zbekiston Yozuvchilar uyushmasi bilan kelishilgan holda Fond ustavini hamda Fond mablag`larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi to`g`risidagi nizomni bir oy muddatda ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin.
10. O`zbekiston Yozuvchilar uyushmasiga “Do`rmon” ijod uyi kottejlari va mehmonxona xonalarini uyushma a’zolariga ijodiy xizmat safarlari uchun foydalanishga berish tartibi to`g`risidagi nizomni bir oy muddatda ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqlash tavsiya etilsin.
11. Fond O`zbekiston Yozuvchilar uyushmasi balansidagi Toshkent shahri, O`zbekiston prospekti, 16a-uy manzilidagi binoga joylashtirilsin.
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri SH.M.Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
© 2004-2009, Nuu.Uz
Âñå ïðàâà çàùèùåíû












