E-MAIL
Foydali saytlar

Gov

Press-Service

ZiyoNet

Uza

Uza

www.edu.uz

www.vak.uz

www.pedagog.uz

Umumiy ma`lumotlar

nizom, tarix, rahbariyat, boshqaruv, fakultetlar, ramziy belgilar

Ta`lim

bakalavriyat, magistratura, doktorantura, litseylar

Ilmiy faoliyat

ixtisoslashgan kengash, konferensiyalar, tadqiqotlar

Ma`naviy-ma`rifiy faoliyat

madaniyat saroyi, xotin-qizlar qo`mitasi, "Kamolot" YoIH

Abiturientlarga

Qabul-2009, yo`nalishlar, qabul ko`rsatgichlari, o`tish ballari

Internet resurslar

o`zbek adabiyoti, yubiley, tematik saytlar, referatlar

Talabalar hayoti

talabalar shaharchasi, talabalar turar joylari, bo`sh vaqtlar

Sport va hordiq

sport jamoalar, sport seksiyalar, musobaqalar, yutuqlar

Universitet muzeylari

noyob qo`lyozmalar, tarix, geologiya, zoologiya muzeylari

O`zMU 90 yillik yubileyiga bag`ishlangan web-sayt

O`zbekiston Milliy universiteti 90 yillik yubileyi

Aloqalar

O`zMU fakultetlari, litseylari, institutlarining pochta va elektron manzillari

Bizning faxrimiz

akademiklar, rektorlar, fan doktorlari, professorlar

Ochiq darslar

O`zMU da o`tkaziladigan ochiq darslar haqida ma`lumot

Yangiliklar
 
|
barcha yangiliklar
Innovatsiyalar yarmarkasi: samara va istiqbol

Yarmarka Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan ishlab chiqarishni jadal modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash, ichki va tashqi bozorlarda raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni ko`paytirish bo`yicha belgilangan ustuvor vazifalarni bajarish maqsadida tashkil etildi. Unda vazirliklar, idoralar, uyushmalar, banklar, iqtisodiyotning barcha tarmoqlaridagi davlat va xususiy korxonalar, O`zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi tizimidagi ilmiy muassasalar, oliy o`quv yurtlari, ilmiy-texnologik markazlar, tajriba-konstruktorlik tashkilotlari, shuningdek, ixtirochilar ishtirok etdi.


Innovatsion g`oyalar – taraqqiyot omili

Poytaxtimizdagi “O`zekspomarkaz”da III Respublika innovatsion g`oyalar, texnologiyalar va loyihalar yarmarkasi davom etmoqda.Davlatimiz rahbari Islom Karimov tashabbusi bilan uchinchi bor tashkil etilgan mazkur tadbirda qator vazirlik va idoralar, banklar, turli tarmoq korxonalari, jumladan, xususiy va qo`shma korxonalar, fermer xo`jaliklari, Fanlar akademiyasi tizimidagi ilmiy muassasalar, oliy o`quv yurtlari, ilmiy markazlar, tajriba-konstruktorlik tashkilotlari ishtirok etmoqda.


O`zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni

B.Yu.Xodiyevni O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta’lim vaziri lavozimiga tasdiqlash to`g`risida O`zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni


Innovatsion iqtisodiyot: ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasi

Toshkentda III Respublika innovatsion g`oyalar, texnologiyalar va loyihalar yarmarkasi ochildi. Mamlakatimizda Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida amalga oshirilayotgan keng ko`lamli islohotlar 2009 yilda yalpi ichki mahsulotning 8,1 foizga o`sishini ta’minlash imkonini berdi. Bu esa, o`z navbatida, xalqaro moliya institutlari tomonidan jahon iqtisodiy inqirozi sharoitida tom ma’nodagi yuqori natija deb e’tirof etildi.


Ekologiya va yoshlar

Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universitetida ekologik muammolarni bartaraf etishda yoshlar ishtirokiga bag`ishlangan davra suhbati bo`lib o`tdi. O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Agrar, suv xo`jaligi masalalari va ekologiya qo`mitasi, Tabiatni muhofaza qilish davlat qo`mitasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan tadbirda senatorlar, olimlar, mutaxassislar, xalqaro tashkilotlar vakillari, professor-o`qituvchilar, yosh tadqiqotchilar, talabalar va jurnalistlar ishtirok etdi.


“O`zbekiston yozuvchilar uyushmasi huzurida “Ijod” fondini tashkil etish to`g`risida”

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori. Xalqimiz ma’naviyatini yuksaltirish, yosh avlodni Vatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida kamol toptirishda badiiy adabiyotning beqiyos o`rni, ta’siri va ahamiyatini inobatga olgan holda, adabiyotimiz ravnaqi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, yozuvchi va shoirlarning ijodiy salohiyatini to`la ro`yobga chiqarishga ko`maklashish va O`zbekiston Yozuvchilar uyushmasining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash maqsadida


Yosh avlod huquqi va xorij tajribasi

Prezidentimiz Islom Karimovning shu yil 27 yanvarda qabul qilingan “Barkamol avlod yili” Davlat dasturi to`g`risida”gi qarorida bolalar va yoshlarning huquq va manfaatlarini himoya qilishga, ularni barkamol rivojlantirishning huquqiy asoslarini mustahkamlashga qaratilgan me`yoriy-huquqiy bazani takomillashtirish, amaldagi qonunchilik hamda me`yoriy hujjatlarga zamon talablariga mos o`zgartirish va qo`shimchalar kiritish zarurligi belgilangan.


Innovatsion faoliyat va zamonaviy ta`lim

Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan qabul qilingan «Barkamol avlod yili» Davlat dasturida belgilangan muhim vazifalardan biri – ilmiy faoliyatga iqtidorli yoshlarni faol jalb etish, ularning ijodiy va intellektual salohiyatini ro`yobga chiqarish uchun sharoit yaratishdir. Ushbu dasturni amalga tatbiq etishda oliy o`quv yurtlari muhim o`rin tutadi. Oliy o`quv yurtlari yoshlarga zamon talablariga javob beradigan chuqur bilim berish bilan birga ularni mustaqil fikrlash, har qanday ishga ijodiy yondashish, eng murakkab ilmiy va ishlab chiqarish muammolarini hal etishga yangicha yondashuvlarni izlash va topishga o`rgatadi.


Tuganmas ilhom manbai

Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida boy ma`naviy sarchashmalarimiz, jumladan Alisher Navoiy ijodini chuqur va mukammal tadqiq etish yuzasidan amalga oshirilayotgan keng ko`lamli ishlar o`zining yuksak samaralarini bermoqda. Tariximiz, ma`naviy merosimiz, adabiyotimizni xolis va haqqoniy, ayni paytda chuqur badiiy, ilmiy yondashuv asosida o`rganilayotgani buning dalilidir.


Yuksak e`tirof va ehtirom ramzi

Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida xalqimiz, ayniqsa, yoshlar ma`naviyatini yuksaltirish, ularni har tomonlama yetuk va barkamol insonlar etib voyaga yetkazish, boy ma`naviy merosimizga, milliy an`ana va qadriyatlarimizga ehtirom ruhida tarbiyalash masalasi davlatimiz siyosatining muhim yo`nalishlaridan birini tashkil etadi. Yurtimizda buyuk shoir va mutafakkir bobomiz Alisher Navoiy tavalludining 569 yilligi keng nishonlanayotgan shu kunlarda bu yana bir karra o`zining yorqin ifodasini topmoqda.


 
 
 

© 2004-2009, Nuu.Uz

Âñå ïðàâà çàùèùåíû