Umumiy ma`lumotlar
universitet haqida, rasmiy rekvizitlar, nizom, rektorat, universitet tuzilmasi, hukumat qarorlari ijrosi, kengashlar, yangiliklar
Abiturientlar uchun
yo`riqnoma, test topshirish, qabul komissiyasining axborot xizmati, mutaxassisliklar, yo`nalishlar, o`tiladigan darslar, imtiyozlar, ikkinchi mutaxassisliklar, universitet qoidalari
Talabalar uchun
talabalar uchun yo`riqnoma, baholash tizimi, stipendiyalar, magistratura, aspirantura, ijtimoiy muhofaza, talabalar turar joylari, dars jadvallari, kutubxonalar va a'zolik
O`qituvchilar uchun
shartnomalar ko`rinishi, baholash tizimi, malaka oshirish va qayta tayyorlash, o`tkazilayotgan tadbirlar
Ilmiy faoliyat
ilmiy bo`lim, markazlar va laboratoriyalar, konferensiya va seminarlar, himoya hujjatlari, ilmiy ishlar kengashlari, himoyaga oid e`lonlar, talabalarning ilmiy faoliyati, ochiq darslar, innovatsion faoliyat, loyihalar
Xalqaro aloqalar
jalb etilgan sarmoyalar, loyihalar, xorijiy talabalarni o`qitish
Madaniy-ma`rifiy faoliyat
madaniy tadbirlar, madaniyat va ma`rifat markazlari, talabalar hayoti, sport tadbirlari
Axborot resurslari
darsliklar, ma`ruza matnlari, qo`llanmalar, laboratoriya va amaliy ishlar, o`quv uslubiy qo`llanmalar, badiiy asarlar, referatlar, taqdimotlar, magistrlik dissertatsiyalari
Internet resurslar
o`zbek adabiyoti, yubiley, tematik saytlar, fakultet saytlari
Bizning faxrimiz
akademiklar, rektorlar, fan doktorlari, professorlar
Universitet muzeylari
noyob qo`lyozmalar, tarix, geologiya, zoologiya muzeylari
Yangiliklar
fakultetlar va universitet yangiliklari
25, 2007
BMT Bolalar jamg‘armasi (YUNISEF) Markaziy va Sharqiy Yevropa hamda MDH mamlakatlarida ta’limni rivojlantirish sohasidagi o‘z tadqiqotlari natijalarini jahon hamjamiyati e’tiboriga havola etdi. “Ta’lim: kimgadir ko‘p, kimgadir kam” deb nomlangan ushbu hujjatda mazkur mintaqalar mamlakatlarida ta’lim sohasida ro‘y berayotgan jarayonlar har tomonlama tahlil qilinib, baho berilgan.
Tadqiqotga muvofiq, ushbu mintaqalarning aksariyat mamlakatlari 2015 yilgacha umumiy boshlang‘ich ta’limni ta’minlash yo‘lidan bormoqda. YUNISEF tomonidan bu mamlakatlar qatoriga O‘zbekiston, Estoniya, Litva, Rossiya, Sloveniya kabi davlatlar va boshqa mamlakatlar kiritilgan bo‘lib, ular birinchi guruhni tashkil etdi. Biroq mintaqaning yetti mamlakati, jumladan, Gruziya, Qirg‘iziston, Moldova, Ruminiya, Tojikiston, Ukraina va Xorvatiya bu masalaning hal etilishi qiyin kechayotgan mamlakatlar guruhidan joy olgan. Tadqiqotchilarning fikricha, Gruziya, Moldova va Tojikiston o‘z oldiga qo‘ygan mazkur vazifani muvaffaqiyatli hal etishi dargumon.
Hujjat mualliflari qator mamlakatlarda maktabgacha ta’lim muassasalariga qatnayotgan bolalar soni hattoki o‘tgan asrning saksoninchi yillari oxiridagi darajaga ham yetmaganini qayd etgan. Janubiy Yevropa va Markaziy Osiyoning ba’zi davlatlarida bu ko‘rsatkich atigi 30 foizni tashkil etadi.
Hujjatda YUNISEF tomonidan O‘zbekistonda maktabgacha ta’lim tizimining rivojlanish darajasi ijobiy namuna sifatida keltirilgan.
Mintaqaning sakkiz mamlakati – Ozarboyjon, Armaniston, Bosniya va Gersegovina, Gruziya, Qirg‘iziston, Moldova, Tojikiston va Turkmanistonda o‘rta ta’lim bilan qamrab olish koeffitsiyenti hali-hanuz 50 foizdan past. YUNISEFning fikricha, 2004 yilda mintaqada o‘rta va katta maktab yoshidagi qariyb 12 million bola maktabga qatnamagan. Kichik maktab yoshidagi bolalar orasida esa bu ko‘rsatkich qariyb 2,4 million nafarni tashkil etadi.
Ayniqsa, Tojikistonda bu borada keskin vaziyat yuzaga kelgan. Ushbu mamlakatda ba’zi joylarda 9-sinfdan keyin bolalarning 30-50 foizi o‘qishni tashlab ketmoqda. Tojikiston, shuningdek, Turkiyada bolaning jinsi – o‘g‘il yoki qiz bolaligi bu borada yana bir hal qiluvchi omilga aylangan.
So‘nggi yillarda ta’lim sifati sezilarli ravishda pasayib ketdi. YUNISEF ekspertlarining ta’kidlashicha, bu ota-onalarning farzandlarini maktabga berishiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Tadqiqot ma’lumotlariga ko‘ra, o‘sib borayotgan iqtisodiy va ijtimoiy tabaqalashuv bolalarni ta’limdan teng foydalanish imkoniyatidan mahrum qilmoqda.
YUNISEF ekspertlari bu boradagi ijobiy tendensiyalarni qayd etar ekan, O‘zbekistonda maktablar, kollej va litseylarni qurish, rekonstruksiya qilish hamda ta’mirlash, ularni zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlash uchun katta mablag‘ ajratilayotganiga e’tiborni qaratadi. Hujjatda mamlakatimizda Kadrlar tayyorlash milliy dasturi doirasida amalga oshirilayotgan islohotlarga yuksak baho berilgan.
Imkoniyati cheklangan bolalar uchun ta’lim muammosi – tadqiqotning yana bir mavzusidir. O‘zbekistonda istiqlol yillarida davlat qaramog‘ida bo‘lgan ana shunday bolalarga munosabat keskin yaxshilangani qayd etilgan.
YUNISEF mutaxassislari ta’limga yo‘naltirilayotgan katta miqdordagi mablag‘lar nuqtai nazaridan ham O‘zbekiston boshqa mamlakatlarga namuna bo‘lishi mumkinligini e’tirof etgan. Mualliflar tadqiqot yakunida “YUNISEF mintaqa davlatlari hukumatlarini ta’lim ehtiyojlari uchun xarajatlarni ko‘paytirib, ularni hech bo‘lmaganda bugungi kundagi 3-4 foizdan 6 foizga oshirishga da’vat etayotgan bir paytda O‘zbekiston ushbu maqsadlarga yalpi ichki mahsulotning 9 foizini sarflayotganini” qayd etadi.
Manba: http://uza.uz/
© 2004-2009, Nuu.Uz
Âñå ïðàâà çàùèùåíû












