E-MAIL
Foydali saytlar

Gov

Press-Service

ZiyoNet

Uza

Uza

www.edu.uz

www.vak.uz

www.pedagog.uz

Umumiy ma`lumotlar

universitet haqida, rasmiy rekvizitlar, nizom, rektorat, universitet tuzilmasi, hukumat qarorlari ijrosi, kengashlar, yangiliklar

Abiturientlar uchun

yo`riqnoma, test topshirish, qabul komissiyasining axborot xizmati, mutaxassisliklar, yo`nalishlar, o`tiladigan darslar, imtiyozlar, ikkinchi mutaxassisliklar, universitet qoidalari

Talabalar uchun

talabalar uchun yo`riqnoma, baholash tizimi, stipendiyalar, magistratura, aspirantura, ijtimoiy muhofaza, talabalar turar joylari, dars jadvallari, kutubxonalar va a'zolik

O`qituvchilar uchun

shartnomalar ko`rinishi, baholash tizimi, malaka oshirish va qayta tayyorlash, o`tkazilayotgan tadbirlar

Ilmiy faoliyat

ilmiy bo`lim, markazlar va laboratoriyalar, konferensiya va seminarlar, himoya hujjatlari, ilmiy ishlar kengashlari, himoyaga oid e`lonlar, talabalarning ilmiy faoliyati, ochiq darslar, innovatsion faoliyat, loyihalar

Xalqaro aloqalar

jalb etilgan sarmoyalar, loyihalar, xorijiy talabalarni o`qitish

Madaniy-ma`rifiy faoliyat

madaniy tadbirlar, madaniyat va ma`rifat markazlari, talabalar hayoti, sport tadbirlari

Axborot resurslari

darsliklar, ma`ruza matnlari, qo`llanmalar, laboratoriya va amaliy ishlar, o`quv uslubiy qo`llanmalar, badiiy asarlar, referatlar, taqdimotlar, magistrlik dissertatsiyalari

Internet resurslar

o`zbek adabiyoti, yubiley, tematik saytlar, fakultet saytlari

Bizning faxrimiz

akademiklar, rektorlar, fan doktorlari, professorlar

Universitet muzeylari

noyob qo`lyozmalar, tarix, geologiya, zoologiya muzeylari

Yangiliklar

fakultetlar va universitet yangiliklari

E`lonlar
 
|
barcha e`lonlar
“O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari talabalarining “Universiada – 2007” sport musobaqalarini tashkil etish to‘g‘risida”

17, 2007


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori

Mamlakatimiz oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzi muhitini yanada mustahkamlash, ularning sport bilan muntazam shug‘ullanishi uchun zamon talablariga mos shart-sharoitlarni yaratish, sport musobaqalari orqali yoshlarning irodasi, o‘z kuchi va imkoniyatlariga bo‘lgan ishonchini, mardlik va vatanparvarlik, ona yurtga sadoqat tuyg‘ularini kamol toptirish, musobaqalar munosabati bilan o‘tkaziladigan madaniy-ma’rifiy tadbirlar samarasini oshirish maqsadida:

1.O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi va Milliy Olimpiya qo‘mitasining “Universiada-2007” sport musobaqalarining Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan yakuniy bosqichini 2007 yil iyun oyining uchinchi o‘n kunligida “Yoshlik” talabalar shaharchasi, O‘zbekiston Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki hamda Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti sport majmualarida o‘tkazish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin.

2.”Universiada-2007” sport musobaqalarini Toshkent shahrida o‘tkazish dasturi (1-ilova) va tashkiliy qo‘mita tarkibi (2-ilova) tasdiqlansin.

Z.Tashkiliy qo‘mita:

10 kun muddatda “Universiada-2007” sport musobaqalarini o‘tkazish uchun tegishli sarf-xarajatlar smetasini ishlab chiqib, uning moliyaviy manbalarini belgilashda mazkur musobaqalarni o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlar davlat budjeti, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Toshkent shahar hokimligi tomonidan qoplanishini nazarda tutsin;

“Universiada-2007” sport musobaqalari xarajatlarining bir qismi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Oliy ta’lim muassasalarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilishiga ruxsat berilsin;

korxona va tashkilotlar, yuridik va jismoniy shaxslarning “Universiada-2007” sport musobaqalarini o‘tkazishga homiylik qilish haqidagi takliflari ma’qullansin;

“Universiada-2007” sport musobaqalari uchun qurilayotgan va rekonstruksiya qilinayotgan sport inshootlaridagi qurilish-montaj ishlarini jadallashtirish maqsadida pudratchi tashkilotlarning aniq ish hajmlari va ularni bajarish muddatlarini belgilasin;

barcha tadbirlar, jumladan, musobaqalar o‘tkaziladigan sport inshootlarining xalqaro talablar darajasida tayyorlanishi va zamonaviy sport anjomlari bilan jihozlanishi hamda tadbirlar o‘tadigan joylarni obodonlashtirish ishlarini joriy yilning 15 iyuniga qadar tugatishni ta’minlasin.

4.O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, “O‘zbeknavo” estrada birlashmasi Toshkent shahar hokimligi bilan birgalikda “Universiada-2007” sport musobaqalarining tantanali ochilish va yopilish marosimlari yuksak saviyada o‘tishini tashkil etsin.

5.Toshkent shahar hokimligiga:

sportchi talabalarni musobaqalar o‘tkaziladigan maskanlar va yashash joylariga olib boradigan yo‘nalishlarni belgilab, shu yo‘nalishlar bo‘yicha ta’mirlash-obodonlashtirish ishlarini amalga oshirish;

“Toshshahartransxizmat” uyushmasi bilan birgalikda sportchi talabalarni belgilangan manzillarga yetkazish uchun texnik ko‘rikdan o‘tgan transport vositalarini jalb etish;

shahar ko‘chalarini “Universiada-2007” sport musobaqalarini targ‘ib qilishga qaratilgan ko‘rgazmali vositalar bilan bezatish;

Toshkent temir yo‘l vokzalida sportchi talabalarni tantanali kutib olish va kuzatishni tashkil etish vazifalari topshirilsin.

6.O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi musobaqalar ishtirokchilarini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish, musobaqalar davrida tez tibbiy xizmat ko‘rsatish, dam olish va ovqatlanish joylarida sanitariya-gigiyena talablariga qat’iy rioya etilishini alohida nazoratga olsin.

7.”O‘zbekiston temir yo‘llari” kompaniyasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buyurtmasiga muvofiq, musobaqalar ishtirokchilari yo‘l xarajatlari uchun imtiyozli to‘lov tariflarini qo‘llashni nazarda tutsin.

8. Respublika “Vatanparvar” tashkiloti O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Toshkent shahar, Toshkent viloyati hokimliklari, Sog‘liqni saqlash hamda Ichki ishlar vazirliklari bilan birgaliqda “Quyosh fizikasi” ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasida universiada mash’alasini yoqish va uni Toshkent shahriga yetkazish bilan bog‘liq barcha tashkiliy-xavfsizlik tadbirlarini amalga oshirsin.

9.O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, tegishli vakolatli tashkilotlar bilan birgalikda, “Universiada-2007” musobaqalari davomida tadbirlar o‘tadigan joylarda jamoat va transport harakati xavfsizligini ta’minlasin.

10.O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi va boshqa ommaviy axborot vositalariga “Universiada-2007” musobaqalariga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish jarayonini keng yoritish tavsiya etilsin.

11.Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri SH.Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.

O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti
I.Karimov

Toshkent shahri,
2007 yil 16 aprel

Manba: www.uza.uz


 
 
 

© 2004-2009, Nuu.Uz

Âñå ïðàâà çàùèùåíû