Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

Internet-makon XXI asrda ilmiy jamoatchilikka chaqiriq sifatida

Zoom-konferensiyasi formatida Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zMUning Xorijiy filologiya fakulteti rus adabiyotshunosligi kafedrasi negizida tashkil etilgan “Internet-makon XXI asrda ilmiy jamoatchilikka chaqiriq sifatida” dolzarb mavzusida Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston va MDH davlatlarining yetakchi universitetlaridan 50 dan ortiq olimlar qatnashdilar.

Konferensiyani O‘zMUning Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Hikmat Saburov ochdi. Prorektor o‘zining qutlov nutqida konferensiya mehmonlari va ishtirokchilariga quyidagilarni ta’kidladi: «Internet bugungi kunda jamiyat markazidadir. Konferensiya dasturiga kiritilgan masalalar Internet maydoni va uning zamonaviy jamiyatga ta’siri bilan bog‘liq bir qator muammolarni hal qilishga yordam beradi. Internet-resurslarni rivojlantirishga yondashuvlarni ishlab chiqqan holda, biz universitetning o‘quv jarayonini, shuningdek o‘qituvchilar va iqtidorli talabalarning ilmiy faoliyatini yangi rivojlanish bosqichiga ko‘tarishimiz mumkin”.

Yalpi majlisda Rossotrudnichestvo O‘zbekiston Respublikasidagi vakolatxonasi rahbari M.V. Vajdayev, O‘zbekiston Respublikasi rus madaniy markazi raisi S. A. Mironov, O‘zDJTU kafedra mudiri N. M. Petruxina, TDPU kafedra mudiri Yu.U. Matenova, O‘zMU professorlari va boshqalar tadbir mehmon va ishtirokchilariga tabrik so‘zi bilan yuzlanishdi. O‘zbekiston va Rossiya professorlari ma’ruzalar qilishdi. O‘zbek tadqiqotchilarining taqdimotlarida fan va ta’lim tizimida Internet-resurslardan foydalanish bo‘yicha bir qator muhim masalalar ko‘tarildi, ob’ektiv vaziyat ko‘rsatildi, o‘zaro ta’sir jarayonining ijobiy va salbiy tomonlari qayd etildi.

Konferensiya yalpi majlisining yakuniy qismida “Internet-makon O‘zbekistonning yosh olimlari nigohida” axborot loyihasi taqdim etildi, unda O‘zMUning rus adabiyotshunosligi kafedrasining yosh tadqiqotchilari qatnashdilar.

Konferensiya uchta sessiya doirasida bo‘lib o‘tdi.

Konferensiya mehmon va ishtirokchilariga sertifikatlar topshirildi. Tadbir yakuniga ko‘ra konferensiya materiallari to‘plami nashr etiladi, unda plenar va seksiya yig‘ilishlarida ko‘tarilgan barcha masalalar aks etadi.

O‘zMU Axborot xizmati